Pokistonning Belujiston viloyatida kuchli portlash sodir bo’ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, portlash oqibatida 7 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan, 22 kishi yaralangan.

Pokistonning Belujiston viloyatida kuchli portlash sodir bo’ldi

Pokistonning janubi g’arbida joylashgan Belujiston viloyatida kuchli portlash sodir bo’ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, portlash oqibatida 7 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan, 22 kishi yaralangan.

Bu haqda Pokiston xavfsizlik vakillari ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Qvetta shahrining Saryob Mil tumaniga qarashli Qvetta-Sibbi yo’liga joylashtirilgan bomba politsiya avtobusi o’tib ketayotgan paytda portlatilgan.

Avtobus ichida 35 nafar politsiya xodimi bo’lgan.

Portlashda yaralanganlar Qvetta davlat shifoxonasiga yotkizilgan.

Hozircha portlashga doir boshqa tafsilotlar ma’lum emas.


Tanlangan kalimalar: Qvetta , portlash , Belujiston , Pokiston

Aloqador xabarlar