Braziliyada Greenpeace tashkilotiga oid samolyot fojiaga uchradi

Braziliya havo kuchlari ma’lum qilishicha, aviahalokatda 1 kishi hayotdan ko’z yumgan, 4 kishi jarohat olgan.

829382
Braziliyada Greenpeace tashkilotiga oid samolyot fojiaga uchradi

Braziliyada Greenpeace nodavlat tashkilotiga oid samolyot Amazon o’rmonlari bilan qoplangan Novo Airao shahri yaqinida qulab tushdi.

Braziliya havo kuchlari ma’lum qilishicha, aviahalokatda 1 kishi hayotdan ko’z yumgan, 4 kishi jarohat olgan.

Samolyotning qulab tushish sabablari tekshirilmoqda.

Bu maqsad bilan aviahalokatlarni oldini olish va tekshirish bo’yicha ixtisoslashgan bir guruh mutahassis voqea joyiga jo’natilgan.

“Jabrlangan oilalarga yordam berish uchun safarbarlik e’lon qildik va voqea yuzasidan tergov olib borayotgan organ xodimlari bilan hamkorlikda ish olib boryabmiz”,-deya ma’lum qiladi Greenpeace tashkiloti.

Braziliya dengiz kuchlari qo’mondonligi 9-bo’linma xodimlari halokat sodir bo’lgan territoriyani havodan kuzatish uchun maxsus samolyot jo’natdi.

Qolaversa, tergov jarayoniga qatnashish uchun g’arbiy Amazon daryosi qo’mondonligidan bir guruh mutahassis kemada voqea joyiga yetkazildi.

Dengiz kuchlari qo’mondonligi aviahalokatning sabablarini tekshirish, sharoitni o’rganish va javobgarlarni aniqlash maqsadida tergovni kuchaytirdi.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya , #Greenpeace , #Amazon , #samolyot , #aviahalokat

Aloqador xabarlar