Prezident Erdo'g'an, "Turkiyani olmaydigan bo'lsalaringiz aytinglar" dedi

Prezident Erdo'g'an, Yevropa Ittifoqiga "Turkiyani olmaydigan bo'lsalaringiz aytinglar" dedi.

Prezident Erdo'g'an, "Turkiyani olmaydigan bo'lsalaringiz aytinglar" dedi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Yevropa Ittifoqiga (YI) "Turkiyani olmaydigan bo'lsalaringiz aytinglar" dedi.

Turkiya-YI aloqalariga to'xtalib o'tgan Erdo'g'an, Turkiyaning 63 yildan beri YI olinmaganini eslatib, "Bizdan keyin murojaat etgan davlatlar bilan solishtiradigan tomon yo'q. Davomli yangi bo'limlar ochishning maqsadi Turkiyani chetlash. Olmaydigan bo'lsangiz bildiring, hech kimni ovora qilishning hojati yo'q" dedi.

Erdo'g'an, Turk fuqarolariga vizasiz sayohat mavzusini esa, "Lotin Amerikaga erkin sayohat haqi bor. Turkiya muzokarachi bir davlat lekin erkin sayohat qila olmaydi. Bunday narsa bo'lmaydi. YI dagi do'stlarimizning buni tilga olishini istaymiz. 2013- yili vizalar bekor qilinishi kerak edi, u kundan beri bizni ovora qilib yuribtilar" deb so'zladi.

Ko'chmanchilar mavzusiga ham to'xtlaib o'tgan Erdo'g'an, Turkiyaning 3.5 million ko'chmanchiga hozirgi kungacha 30 milliard dollar sarf etganini eslatdi.

Polsha bilan o'zaro aloqalarni muhokama qilgan prezident Erdo'g'an, Turkiyaning, Polashaning 2018-2019 yili BMT xavfsizlik kengashi vaqtincha a'zoligini dastaklagani va qat'iy bo'lganini izohladi.

Ikki o'lka o'rtasidagi tijorat hajmiga ham diqat qaratgan Erdo'g'an, THYning havo safarlarini ko'paytirish e'htimolini bildirdi.

Polsha prezidenti Duda ham, bir kun Turkiyaning YI ga a'zo bo'lishidan umidvor ekanligini izohladi.

Duda, "Polsha Turkiyaning YI a'zolik faoliyatlarini qo'llab-quvvatlagandir va bundan keyin ham davom ettiradi"  deb ifoda etdi.


Tanlangan kalimalar: hitob qildi , yevropaga , ipolshada , erdo'g'an

Aloqador xabarlar