Pentagon, Turkiya bilan harbiy operatsiyalarning davom etganini bildirdi

AQSh mudofaa vazirligi voizi polkovnik Robert Manning, AmerikaningTurkiyada olib borgan harbiy operatsiyalari davom etganini bildirdi.

Pentagon, Turkiya bilan harbiy operatsiyalarning davom etganini bildirdi

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) mudofaa vazirligi (Pentagon) voizi polkovnik Robert Manning, Turkiya bilan AQSh o'rtasida maydonga kelgan viza taranglining, Amerika qo'shini tomonidan Turkiyada olib borilgan harbiy operatsiyalarga ta'siri bo'lmaganini bildirdi.

AQSh mudofaa vaziri Manning, Pentagonda uyushtirgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Turkiya bilan AQSh o'rtasida viza berishni to'xtatish mavzusida tashqi ishlar vazirligining tafsulotli ma'lumotga ega bo'lganini ifoda etgan Manning, "Turkiya kuchli bir koalitsiya sherigi va NATO ittifoqdoshidir. Bu hodisalar mavjud operatsiyalarimiz va xodimlarimizga ta'sir qilmaganini bildiraman" deb so'zladi.

Manning so'zlarini quyidagicha davom ettirdi: "Injirlik"da joylashgan Turk Havo Kuchlari, NATO va Koalitsiya doirasida o'z vazifasini ado etishga davom etmoqda. Injirlik va Turkiyadagi boshqa harbiy bazalardan Deashga qarshi olib borilgan harby operatsiyalarimiz, Turk ittifoqdshlarimiz bilan davom etmoqda. Bizning mushtarak va farqli operatsiyalarimiz ham uzluksiz davom etadi".

Terror tashkiloti FETOga qarshi tekshiruv doirasida, AQShning Istanbul bosh konsulligida ishlagan Metin Topuzning, sudga berilgan sobiq xavfsizlik va adliya vakillari bilan aloqali bo'lgani belgilangan va Topuz, Istanbul Jumhuriyat Bosh Prokuraturasi terror va jinoiy ishlarni tekshirish bo'limi tomonidan, "Konstitutsiyaga zid tashabbus", "josuslik" va Turkiya Jumhuriyati hukumatini to'ntarish tashabbusi" ayblari bilan qo'lga olingan edi.

Undan keyin AQSh tashqi ishlar vazirligi qattiq norozichilik ko'rsatgan edi. Turkiya tashqi ishlar vazirligi ham Topuz bilan aloqali 2017- yili 25-Sentyabr kuni terror aybi bilan qo'lga olingan va keyinchalik yana nazoratga oligan ayni kishi AQSh konsulligida rasiy ishlagan bir kishi bo'lmagani kabi, hech bir diplomatik va boshqa salohiyat egasi ham emas" deb bildirilgan edi.

Bu o'zgarishlardan keyin AQShning Turkiyadagi barcha diplomatik vakolatxonalarida ko'chmanchi bo'lmagan viza xizmatlarini to'xtatganini bildirishi bilan Turkiyaning Washington favqulodda elchiligi "AQShdagi barcha vakolatxonalardagi AQSh fuqarolariga viza berish to'xtatilgandir" deb bildirilgan edi.



Aloqador xabarlar