Kaliforniyadagi yong’inda jon berganlar soni 21 nafarga yetdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida, haligacha nazorat ostiga olinolmagan o’rmon yong’inlarida jon berganlar soni 21 nafarga yetdi.

Kaliforniyadagi yong’inda jon berganlar soni 21 nafarga yetdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida 3 kundan beri davom etgan o’rmon yong’inlarida jon berganlar soni 21 nafarga yetdi. Jon berganlardan tashqari yuzlab kishi bedarak yo’qolgan vaziyatda.

Haligacha nazorat ostiga olinolmagan yong’in yuzasidan shtatning ba’zi mintaqalarida favqulodda vaziyat e’lon qilinar ekan, 3 ming 500 ta uy-joy va ishxona kuyib kulga aylandi.

Quruq havo va kuchli shamollar olovni nazorat qilishni qiyinlashtirar ekan xavf ostidagi mintaqalardan kamida 20 ming kishi evakuatsiya qilindi. Shu doirada Kalistoga shaharchasi batamom boshatildi.

Boshatilishi tavsiya qilingan 11 ming kishilik aholiga ega bo’lgan Sonomada esa osmondan go’yo kul yog’ayotgandek.

Aytib o’tish joizki faqatgina Sonomada roppa-rosa 550 kishi bedarak yo’qolgan vaziyatda.

Qo’shni shtatlardan kelgan yordam ortidan mintaqada qariyb 8 ming nafar o’t o’chiruvchi, yong’inni o’chirishga harakat qilmoqda.



Aloqador xabarlar