Afg’onistonda Tolibonga tegishli harbiy zona portlatildi

Afg’oniston shimoli sharqida joylashgan Badaxshon viloyatida NATO kuchlariga oid uchuvchisiz havo vositalari Tolibonga tegishli harbiy zonani portlatdi.

Bu haqda Badaxshon xavfsizlik boshqarmasi rahbari Abdul Xoliq Aksay bayonot berdi.

“NATOga oid uchuvchisiz havo vositalari Rog’iston tumanidagi Tolibon ob’yektlarini portlatdi”,-deyiladi bayonotda.

Portlashda 8 nafar tolib halok bo’lgan, 15 nafari jarohatlangan.

Tolibonga qarshi havo hujumlari boshqa viloyat va tumanlarda ham amalga oshiriladi.

Tolibon mavzuga doir biron izoh bildirmadi.

Tanlangan kalimalar: portlash , harbiy zona , NATO , Tolibon , Afg'oniston

Aloqador xabarlar