Saudiya Arabistoni va Rossiya o'rtasida bitim imzolandi

Saudiya Arabistoni Rossiyadan ilg’or texnologiyaga ega bo’lgan harbiy vositalar, jumladan S-400 raketa-zenit majmualarini sotib olish bo'yicha shartnoma tuzdi.

Saudiya Arabistoni va Rossiya o'rtasida bitim imzolandi

Saudiya Arabistoni Rossiyadan ilg’or texnologiyaga ega bo’lgan harbiy vositalar, jumladan S-400 raketa-zenit majmualarini sotib olish bo'yicha shartnoma tuzdi.

Bu haqda SPA rasmiy xabar agentligi xabar bermoqda.

"Saudiya Arabistoni mudofaa vazirligi Rossiyaning mudofaa sanoati sohasida eng ilg’or firmalaridan biri bo’lgan “Rosoboronexport” bilan ilg’or texnologiyaga ega bo’lgan mudofaa sanoati mahsulotlarini va qurol sistemalarini sotib olish, hamkorlikda ishlab chiqarish hamda o’zaro malaka oshirishga hissa qo’shish kabi mavzular bo’yicha hamkorlik bitimini imzoladi”,-deyiladi xabarda.

Ushbu bitim qirollikka dunyodagi eng zamonaviy raketalarga qarshi mudofaa tizimini xarid qilish imkonini beradi.

Bitimga muvofiq, TOS-1A raketa uchiruvchi texnikalar, kornet-EM raketa uchiruvchi texnikalar, AK-103 hujum miltig’i, S-400 raketa-zenit majmualari sotib olinadi.

“Rosoboronexport” bilan imzolangan bitim asosida, Rossiya hukumati texnologiya ayriboshlash va sanoatini mahalliylashtirib, doimiylashtirish xususida faoliyatlar olib borishi, bu faoliyatlar Saudiya Arabistonining mudofaa sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va takomillashtirish xususida muhim tashabbusga zamin yaratadi.

Eslatma: Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud 4 oktyabr kuni Rossiyaning poytaxti Moskvaga tashrif buyurdi.

Qirol Salmon bin Abdulaziz Al Saud 5 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Bu tashrif saudiyalik qirollarning Rossiyaga ilk tashrifi bo'ldi. Ikki davlat vakillari o’rtasida bir qator shartnomalar imzolandi.



Aloqador xabarlar