Germaniyaning Hamburg va poytaxt Berlin shahrida to'fon ko'tarildi

Germaniyaning Hamburg va poytaxt Berlin shahrida ro’y bergan to’fonda 7 kishi halok bo’ldi.

Germaniyaning Hamburg va poytaxt Berlin shahrida to'fon ko'tarildi

Germaniyaning Hamburg va poytaxt Berlin shahrida ro’y bergan to’fonda 7 kishi halok bo’ldi.

To’fonning tezligi soatiga 180 kmga yetdi, daraxtlar to’ntarildi.

Yo’lda ketayotgan yengil mashinaning ustiga daraxt to’ntarilishi oqibatida ikki hayotdan ko’z yumdi.

Brandenburg bilan Berlinda jami 5 kishi nobud bo’ldi.

Tabiiy ofat oqibatida sodir bo’lgan turli fojialarda ko’plab insonlar jarohat oldi.

Hamburg rasmiylari xalqni ko’chaga chiqmaslika chaqirmoqda.

Poytaxt Berlindagi aeroportlarda havo safarlari kechikkan holda amalga oshirildi.

Ommaviy transport vositalari qatnovida ham kamchiliklar yuzaga keldi.

Ba’zi poyezd safarlari bekor qilindi.

Amsterdam-Berlin safarini amalga oshirilgan tez yurar poyezd to’xtatilib, yo’lovchilar sport zaliga joylashtirildi.

Kuchli shamol to’lqinlari Polshaga tomon yo’nalgani ma’lum qilindi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Hamburg , to'fon , Berlin , Germaniya

Aloqador xabarlar