Hindiston shimolida poyezd halokati sodir bo'ldi

Uttar-Pradesh shtatida poyezdning temir yo'lidan chiqishi oqibatida kamida 23 kishi halok bo'ldi.

793195
Hindiston shimolida poyezd halokati sodir bo'ldi

 

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida poyezdning temir yo'lidan chiqishi oqibatida kamida 23 kishi halok bo'ldi va 81 dan ko'proq kishi jarohat oldi.

Ma’lumotga ko’ra, Uttar-Pradesh shtatida joylashgan Muzaffarnaxar shahriga qarashli Khatauli hududi yaqinlarida Puri-Xaridvar-Kalinga yo'nalishi bo'yicha harakatlanayotgan tez yurar poyezdning 6 vagoni relsdan chiqib ketgan.

Voqea joyida qidiruv va qutqaruv faoliyatlari davom etmoqda.

Hindiston temir yo'llari vaziri Suresh Prabxu halok bo'lganlarning oilalariga 5500 dollar tovon puli to'lanishini aytgan.

Davlatga tegishli temir yo’li tarmog’i kunda 11 ming poyezdda 23 mln yo’lovchiga xizmat beradi.

Hindistonda noyabr oyida ham bunga o’xshash hodisa ro’y bergan edi.

Uttar-Pradesh shtatida yo’lovchi poyezdining 14 vagoni relsdan chiqib ketgan edi.

Fojiada 145 yo’lovchi halok bo’lgan edi, 226 yo’lovchi jarohat olgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar