Xitoyda yuz bergan zilzila oqibatida qurbonlar soni ortmoqda

Tegishli vakillarning ma’lum qilishicha, 50 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan.

Xitoyda yuz bergan zilzila oqibatida qurbonlar soni ortmoqda

Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan zilzila oqibatida qurbonlar soni 20 kishiga yetdi.

Yaradorlar soni esa, 431 nafarga yetdi. Ulardan 18 nafarining ahvoli og’ir.

Shinxua xabar agentligining xabariga ko’ra, Tszyuchjaygou uyezdida payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:19 atrofida yuz bergan zilzila yerning 20 km tubida yuzaga kelgan.

Tegishli vakillarning ma’lum qilishicha, 50 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan. Bular orasida xorijlik 128 sayyoh ham bor.

Vayronalar tagida qidiruv va qutqaruv faoliyatlari davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: Sichuan viloyati , zilzila , Xitoy

Aloqador xabarlar