Qatar amiri Saudiya Arabistoni qiroli Salmonga telegramma jo'natdi

Qatar amiri Al Sani Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saudga telegramma jo’natib, shahzoda Muhammad bin Salmonning birinchi valiahd bo’lib tayinlangani munosabati bilan tabrikladi.

757643
Qatar amiri Saudiya Arabistoni qiroli Salmonga telegramma jo'natdi

Qatar amiri shayh Temim bin Hamad Al Sani Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saud va birinchi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonga telegramma jo’natib, yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi.

Qatar rasmiy xabar agentligi bu haqda ma’lumot berdi.

Xabarga ko’ra, Qatar amiri Al Sani Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Al Saudga telegramma jo’natib, shahzoda Muhammad bin Salmonning birinchi valiahd bo’lib tayinlangani munosabati bilan tabrikladi.

Telegrammada qirol Salmonga sog’lik-salomatlik, Saudiya Arabistoni xalqiga farovonlik tilagan Al Sani ikki qardosh davlat o’rtasidagi mustahkam qardoshlik aloqalari yana ham rivojlanishiga tilakdosh ekanini yozdi.

Yangi lavozimi munosabati bilan Muhammad bin Salmonni tabriklagan Al Sani unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Aytib o’tish joizki, birinchi valiahd, bosh vazir va ichki ishlar vaziri Muhammad bin Noyif kecha barcha lavozimlaridan mahrum qilindi.

Uning o’rniga qirol Salmonning o’g’li ikkinchi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tayinlandi.

 



Aloqador xabarlar