Quvayt amiri:"Ko'rfaz davlatlaridagi muammolar ramazon oyida hal bo'ladi degan umiddamiz"

Quvayt amiri ko’rfaz davlatlari o’rtasidagi tarixiy rishtalarga, samimiy oilaviy munosabatlarga va mushtarak manfaatlarga e’tibor qaratdi.

Quvayt amiri:"Ko'rfaz davlatlaridagi muammolar ramazon oyida hal bo'ladi degan umiddamiz"

Quvayt amiri Shayh Sabah Al-Ahmad Al-Jabir As-Sabah ko’rfaz davlatlari o’rtasidagi kelishmovchiliklar muborak ramazon oyida hal bo’lishidan umidvorligini tilga oldi.

“Ushbu muborak oyda ko’rfazda yuz bergan muammolarning hal qilinishi va kelishmovchiliklarning tinchliksevar yo’llar bilan bartaraf etilishidan umidvormiz”,-deydi Quvayt amiri.

Ko’rfaz davlatlari o’rtasidagi tarixiy rishtalarga, samimiy oilaviy munosabatlarga va mushtarak manfaatlarga e’tibor qaratgan Quvayt amiri bu xususiyatlarni saqlab qolish, xalqning talablarini ro’yobga chiqarish va manfaatlarini himoya qilish uchun katta g’ayrat ko’rsatishini aytib o’tdi.

Bundan tashqari, Quvayt terrorizmga qarshi kurash uchun xalqaro maydonda hamkorlikka tayyor ekanini va terrorizmga homiylik qilgan manbalarni yo’q qilishga harakat qilganini ma’lum qildi.

Eslatish joizki, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr va Yaman 5 iyun kuni Qatar bilan barcha diplomatik aloqalarni to’xtatgan edi.

Qatar uchun havo chegaralarini ham yopgan Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn qatarlik diplomatlarning mamlakatni tark etishi uchun 48 soat muhlat bergandi.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni Qatar bilan o’rtasidagi birgina quruqlik chegarasini ham yopgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: Bahrayn , BAA , Saudiya Arabistoni , ko'rfaz , Quvayt , Qatar

Aloqador xabarlar