Yamanda o’ta yuqumli vabo kasalligi keng tarqalib bormoqda

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko’ra, mamlakatda vabodan o’lganlar soni 473 nafarga yetdi.

741305
Yamanda o’ta yuqumli vabo kasalligi keng tarqalib bormoqda

Yamanda o’ta yuqumli vabo kasalligi keng tarqalib bormoqda.

Mamlakatda vabodan o’lganlar soni 473 nafarga yetdi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko’ra, shu yilning 27 aprelidan beri 52 mingdan ziyod insonga vabo tashxisi qo’yilgan.

Hisobotda qayd etilishicha, mamlakatda 473 inson vabo tufayli nobud bo’lgan.

19 viloyatda ikki kun ichida 13 mingdan ziyod insonda vabo alomatlari kuzatilgan.

BMT mamlakatda 1 mln 100 ming ayolning hayoti xavf ostida ekanini ma’lum qilmoqda.

Mutahassislarning aytishicha, Yamanda yuqumli kasalliklarning tarqalishiga eng katta sabablardan biri yetarsiz oziqlanishdir.

Mamlakatda hukm surgan ichki urush ta’sirida salomatlik xizmatlarining yetarli emasligi bunday yuqumli kasalliklarning keng tarqalishiga olib kelmoqda.

Ikki yildan beri davom etayotgan to’qnashuvlar tufayli, taxminan 3 mln aholi o’z vatanidan judo bo’lgan.

Toza ichimlik suvini topish amri mahol bo’lgan mamlakatda insonlar chiqindilar tozalanmagani uchun deyarli har kuni vabo kasalligini yuqtirib olish xavfiga duch kelmoqda.

Aytib o’tish joizki, bugungacha Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, BMT Bolalarga yordam fondi UNICEF, Qizil Xoch kabi xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda, Qirol Selman yordam fondi, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar Qizil yarim jamiyati Yamanga tibbiy yordam ko’rsatdi.



Aloqador xabarlar