Tolibon Afg’onistonda yana hujum uyushtirdi

Tolibon Afg’onistonning Zobul viloyatining Shoxjoy tumanida yana hujum uyushtirdi.

736150
Tolibon Afg’onistonda yana hujum uyushtirdi

Afg’onistonning Zobul viloyatining Shoxjoy tumanidagi politsiya uchastkasiga qarshi uyushtirilgan hujumda roppa-rosa 25 nafar politsiya xodimi jon berdi.  

Zobul viloyati gubernatori Bismillo Afg’onmol, Tolibon tomonidan og’ir qurollar orqali uyushtirilgan hujumda jon berganlardan tashqari 5 nafar politsiya xodimining ham tan jarohati olganligini ma’lum qildi.

Afg’onmol, mintaqaga qo’shimcha kuchlarning yuborilganligini va to’qnashuvning esa haligacha davom etayotganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Tolibon tomonidan berilgan bayonotga ko’ra esa, hujum oqibatida politsiya uchastkasi nazorat ostiga olingan.



Aloqador xabarlar