Rossiya, AQShning Suriya rejimga tegishli unsurlarni bombalashiga norozichilik ko'rsatdi

Rossiya, AQShning Suriyada rejimga tegishli moshina karvonini bombalashiga norozichilik ko'rsatdi.

Rossiya, AQShning Suriya rejimga tegishli unsurlarni bombalashiga norozichilik ko'rsatdi

Rossiya, Amerika Qo'shma Shtatlarining (AQSh) Suriyada rejimga tegishli moshina karvonini bombalashiga norozichilik ko'rsatdi.

Rossiya tashqi ishlar vazirlik o'rinbosari Gennady Gatilov, AQSh samolyotlarining Suriyaning shimolida El Tanf hududida Suriya rejimiga oid moshina karvonini bombalashini qabul qilinmas bo'lganini bildirib, "Suriya hukumronligini paymol qilgan bu harakatning siyosiy jarayonga zid bo'lgani oshikor" dedi.

Suriyada taranglikni orttirgan bu harbiy kirishuvning, siyosiy jarayonga o'z ta'sirini ko'rsatganini takidlagan Gatilov, "Hozirgi kunda Suriyada qizg'inlikni bartaraf qilib kelishuvga rioya qilish kerak. Chunki bu siyosiy jarayonning davom etishini ta'minlaydi" deb ifoda etdi.

AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan berilgan bayonotda, AQSh samolyotlarining Suriyaning janubida joy olgan El Tanf yaqinida Suriya rejimiga oid moshina karvonini nishonga olganini bildirgan edi.



Aloqador xabarlar