Erkin Suriya Qo'shini portlovchilarni tozalamoqda

Erkin Suriya Qo'shini, terror tashkiloti Deash joylashtirgan portlovchilarni tozalamoqda.

560310
Erkin Suriya Qo'shini  portlovchilarni tozalamoqda

Suriyaning Halab shahriga bog'li Jerablus tumanida Erkin Suriya Qo'shini, terror tashkiloti Deash joylashtirgan portlovchilarni tozalamoqda.

Turk Qurolli Kuchlari (TQK) maxsus kuchi va koalitsiya kuchi tomonidan olib borilgan Firat qolqoni operatsiyasi doirasida Erkin Suriya Qo'shini, Jerablusda nazoratni butunlay o'z qo'liga oldi.

Turkiya chegarasidagi Karkamish chegara darvozasi yaqinida terror tashkiloti Deash a'zolari tomonidan joylashtirilgan portlovchilar Erkin Suriya Qo'shini tomonidan tozalanmoqda. Portlovchilar, favqulodda chora-tadbirlar ichida bartaraf qilinmoqda.

Hududda kundalik hayot o'z muvozanatiga qaytishga boshladi.

Ayrim korxonalar takror xizmatga o'tgan tumanda insonlar ko'chaga chiqishga boshladi. Asosan bolalar ko'chada o'yin o'ynar ekan savdogalar ham o' z rastalarini tartibga solmoqda.

Og'ir davrlar boshlaridan o'tganini bildirgan savdogarlar, qayta hur bo'lganliklari uchun xursand ekanligini bildirmoqda.

 



Aloqador xabarlar