Xitoy hukumati o'zini oqlashga harakat qilmoqda

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi kotibi, “Sharqiy Turkistonda hech qanday etnik muammo yo’q”-dedi.

334425
Xitoy hukumati o'zini oqlashga harakat qilmoqda

Ohirgi paytlarda matbuotda Sharqiy Turkistonda mahalliy uyg’urlarga nisbatan zulm o’tkazilganiga doir xabarlar keng tarqala boshladi.
Xitoy hukumati masalaga doir, “Etnik muammo yo’q” deyish bilan cheklandi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi kotibi, “Sharqiy Turkistonda hech qanday etnik muammo yo’q”-dedi.
Kotib Chunyingning aytishicha, uyg’urlar konstitutsiyada belgilanganidek, diniy amallarini to’la to’kis ado etmoqda.
Diniy ibodatlarini bemalol ado eta olmagan uyg’urlarga ko’rsatilgan tazyiqlar va zulm asosan, muqaddas ramazon oyida yana ham avj oldi.
Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonda davlat xodimlariga va talabalarga ro’za tutishni man qilgan.
Ro’za tutib yoki tutmaganini tekshirish uchun xalqqa bepul oziq-ovqat va yegulik, ichimlik tarqatilgani aytilmoqda.
Turkiya uyg’urlarning ibodat qilishiga to’sqinlik qilinganini qoralab, masala yuzasidan Xitoyning Ankaradagi elchixonasiga e’tiroz bildirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar