Yaman havo hujumi...

Saudiya Arabiston yetakchiligidagi koalitsiya “barqarolik bo’roni” nomidagi operatsiya bilan Yamandagi Husilarga qarashi boshlatgan havo harakati to’rtinchi kunida...

286515
Yaman havo hujumi...

Yaman havo hujumi...
Saudiya Arabiston yetakchiligidagi koalitsiya “barqarolik bo’roni” nomidagi operatsiya bilan Yamandagi Husilarga qarashi boshlatgan havo harakati to’rtinchi kunida...
Operatsiyada, Sana'a aeroportida 15 nafar Husi partizan o’ldirilgan va Husilarning qo’lida bo’lgan Scud raketalari mo’jlal qilib olingan. Saudiya Arabiston harbiylari, sun’iy yo’ldosh yordami bilan olingan fotosuratlarda Husilarning qo’lida juda ko’p sonda Scud raketalari mavjud bo’lgani va o’lkaning shimol hududlariga o’rta manzilli raketa joylashtirganini xabar qilmoqda.
Havo hujumlari natijasida hozirgacha 68 nafar halok bo’lgan va 452 nafar tan jarohati olgan.
Prezident Hadiga qarashli kuchlar va Husilar o’rtasidagi to’qnashuvlar Aden va Sebva shaharlarida ham avjlangan.
Prezident Hadiga qarashli birliklar, Aden aeroportining nazoaratini takror qo’lga olganlar.
Adenda qo’shinga oid qurol omborida shiddatli portlash sodir bo’lgan. Juda ko’p sonda kishi yaralangan.
Havo hujumlari barcha tezligi bilan davom etar ekan, quruqlik harakati ham kun tartibida.
Ko’rfaz o’lkalari Husilar mintaqaga qarshi jiddiy bir tahdid tashkil etgan fikrida.
Misrning Sharm al shayx shahrida to’plangan Arab Birligi liderlari, Husilarning tezda qurollarini taslim etib mintaqani tark etishlarini istadi.
Sammitda so’zga chiqqan Saudiya Arabiston qiroli Selmon, operatsiya tinchlik va barqarorlikning ta’min etishigacha davom etadi dedi.
Husilarni himoya qilish bilan ayblangan Erondan esa shiddatni avjlantirgan bir xabar keldi.
Eron majlisi milliy xavfsizlik va tashqi siyosat komissiyasi Rahbari Alaaddin Burujerdi, Saudiya Arabiston Eronni tahdid eta olmaydigan darajada kichik bir o’lka deb aytdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar