İsroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu Amerikaga otlanmoqda

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama İsroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan uchrashishni qabul qilmadi.

243759
İsroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu Amerikaga otlanmoqda

İsroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu Amerikaga rasmiy ziyorat amalga oshirmoqda.
İsroildagi saylovlarga ikki hafta qolganda amalga oshirilgan ushbu ziyorat Oq Uyning noroziligiga qaramasdan amalga oshirilmoqda.
Netanyahuning Amerika ziyorati ikki davom etadi.
Netanyahu tashrifi chog’ida dastlab, Amerika-İsroil Xalqlararo aloqalar komitetida nutq so’zlaydi.
Obama boshqa davlatning saylovlariga ta’sir ko’rsatishdan uzoq turish maqsadida Netanyahu bilan uchrashishni qabul qilmadi.
Netanyahu ertaga Amerika kongresida ma’ruza qiladi.
Netanyahu kongresda so’zga chiqib, Amerikaning Eron bilan atom shartnoma imzolamaslikka va bu davlatga takror sanksiya berishga Amerikani ko’ndirishga harakat qilishi kutilmoqda.
Netanyahu Obamaning e’tiroziga qaramasdan, Amerika Vakillar majlisi rahbarining taklifiga binoan Vashingtonga safar qilish to’g’risidagi qarori ikki davlat o’rtasida salbiy vaziyatni keltirib chiqargan edi.
Obamaning Milliy xavfsizlik maslahatchisi Susan Rice Netanyahuning kongresda qiladigan ma’ruzasi ikki davlat aloqalariga salbiy ta’sir ko’rsatishi haqida ogohlantirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar