Turk oshxonasi 2-qism

Turk oshxonasida alohida o'rinda ega sabzavotlardan biri baqlajon.

Turk oshxonasi 2-qism

 

 

Turk oshxonasi dasturimizning yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Turk oshxonasida eng ko'p ishlatilgan sabzavotlardan biri shubxasiz baqlajondir. Onavatani Hindiston bo'lgan bu sabzavot Turk oshxonasida keyinroq kirib kelishiga qaramaday go'yo oshxonaning to'rida joylashgan, shu sababli bo'lsa kerak Turkiyada baqlajondan tayyorlangan yuzlab lazzatli taomlarni uchratish mumkin. Duxovkada yoki qozonda pishiriladigan, go'sht yoki go'shtsiz, yaxni yoki issiq istemol qilinadigan lazatning asosiy mahsuloti bajlajondir.

 

Mana "Turk oshxonasi" dasturining bugungi sonida bajlaqondan tayyorlanadigan qorni yoriq yani 'Karniyarik' taomining retseptini e'tiboringizga havola qilamiz. Qorniyoriq Turk taomi uchun masaliqlar quyidagicha:

 

6 ta baqlajon

200 gr. qiyma

2 ta piyoz

3 ta pomidor

6 ta yashil qalampir

1 tish sarimsoq

 

sousi uchun bir osh qoshg'i tomat, yarim stakan yog', tuz, murch, qizil mayda qalamir kerak bo'ladi.

 

Mana endi qorniyoriq taomining qanday tayyorlanishiga quloq soling, daslab bajlajonlar shoxshasidan tutilgan holda  yonidan archilardi keyin yog'ni o'ziga tortmasligi uchun yarim soat tuzli suvga solinadi, suvdan chiqarib quritiladi va yog'da qizartiladi. Qizargan bajlajonlar sovur ekan bir tomonda tovaga yog' qo'yiladi va mayda to'g'rangan piyoz, sarimsoq va son'gra kubik shaklida to'g'rangan pomidorga tuz ziravorlar qo'shib aralashtiriladi. Pomidorlar past olovda 10 daqiqa suvini tortguncha pishiriladi. Keyin esa bajlajonlar bir duxovka listiga joylashtirib o'rtasidan vertikal shaklda kesiladi va bir qayiq shakliga keltiriladi. Qiymali masaliq bajlajonlarning o'rtasiga joylashtiriladi, qiyma bilan to'ldirilgan bajlajonning ustiga parrak qilib to'g'rangan pomidor va yashil qalampirlar joylashtiriladi. 

 

sousi uchun 

1 osh qoshig’i tomat

½ stakan suvda ezib bajlajonlarning ustiga to'kiladi 175 daraja issiqlikdagi duxovkaga qo'yib 20-25 daqiga pishiriladi.

sizlarga yoqimli ishtaha.

 

Mana bugun Turk oshxonasi dasturimizda sizlarga, bajlajondan tayyorlanadigan taomining retseptini e'tiborigizga taqdim ettik. 


Tanlangan kalimalar: Turk oshxonasi

Aloqador xabarlar