Turkiyaning do'stlik ko'prigi 1-qism

Turkiyaning do'stlik ko'prigi doirasida TIKA qator dasturlar olib bormoqda.

Turkiyaning do'stlik ko'prigi 1-qism
Turk Hamkorlik va kordinatsiya agentligi "TIKA" haqida nimalarni bilamiz?
Turk Hamkorlik va kordinatsiya agentligi "TIKA" haqida nimalarni bilamiz?

"TIKA" yoki Turk Hamkorlik va kordinatsiya agentligi Turkiyaning yirik yordam tashkilotidir.

 

 

“Turkiyaning do’stlik ko’prigi tashkilotlari” dasturimizda, Yunus Emre Instituti,  Xorijdagi Turklar Boshqarmasi, Qiziloy va TIKA (Turkiya Koordinatsiya Agentligi) kabi dunyo bo’ylab qator davlatda va hududda turli ijtimoi va madaniy loyihalarni imzolagan tashkilotlarimiz haqida suhbat etamiz. Bu doirada avvalambor TIKA haqida qisqa ma’lumot beramiz, keyingi dasturimizda ham bu tashkilotlarning faoliyatiga to’xtalib o’tamiz.

TIKA, 1991 yil Sovuq Urushning yakunlanishi va Sovet Ittifoqining tarqalishi bilan boshda Turk Jumhuriyatlari bo’lib, o’lkamiz bilan tarixiy va madaniy jihatdan bog’li bo’lgan geografiyalar bilan mustahkam hamkorlik olib borish maqsadida 1992 yili vujudga kelgandir.

1992- 2002 yillari orasida chet elda 12 ta ofis bilan jami 2500 loyihani hayotga tatbiq etgan TIKA, Turkiya izlagan siyosat doirasida faoliyat olib borgan davlatlar sonini kun o’tgan sari orttirgandir. TIKA hozirgi kunda 56 davlatda 61 Dastur Koordinatsiya Ofisi orqali 170 o’lkada faoliyat olib borgan global bir tashkilot. Turkiyaning, TIKA orqali do’st davlatlarda olib borgan faoliyatlarining negizida bir tinchlik o’rnatish g’ayrati bor.

TIKA, Turkiya Prezidenti Rejeb Tayyip Erdo’g’anning  “Dunyoning qayerida bo’lsa ham u yerga borib dardiga malham bo’lib yordam berishga davom etamiz” deb aytgani kabi har yil yana ko’p inson va hududga yetib bormoqda. TIKA, avvalambor ta’lim va salomatlik xizmarlari bo’lib tug’ilishdan o’limgacha inson hayotiga doir har sohada sifatli loyihalar ishlab chiqarishga davom etmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Turkiyaning do'stlik ko'prigi

Aloqador xabarlar