Umumbashariy nuqtai nazar 37-qism

Yettinchi yilida Suriyadagi urush shafqatsiz ravishda  davom etmoqda. Astana jarayonida to’qnashmaslik hududi e’lon qilingan to’rt hududdan oxirgisi  bo’lgan Idlibga qarata Suriya rejimi va Rossiyaning hujumlari ...

1048030
Umumbashariy nuqtai nazar 37-qism

                                               Suriyada  nimalar bo'lyapti

            Yettinchi yilida Suriyadagi urush shafqatsiz ravishda  davom etmoqda. Astana jarayonida to’qnashmaslik hududi e’lon qilingan to’rt hududdan oxirgisi  bo’lgan Idlibga qarata Suriya rejimi va Rossiyaning hujumlari dunyoning dolzarb masalasi holga keldi.

Umumjahon, sabr bilan, ushbu hujumlardan keyin necha million inson uy- joyini tark etadi. kimyoviy qurol qo’llanib qo’llanmasligi borasida  bahs- munozaralar ketmoqda. Go’yo bir seriyal filmning  ssenariylari muzokara qilinayotgani  kabi, qayg’usiz, vijdonsiz va shafqatsiz ravishda davom etib  go’yo yuraklariga tosh bog’lagan.

Anqara Yildirim Bayozid Universiteti Siyosat Fanlar Fakulteti Dekani Prof. Dr. Kurdrat Bulbulning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Astana jarayoni tarafdorlari Turkiya, Eron va  Rossiya o’tganlarda  Tehronda uchrashdilar. Idlib va

Umuman Suriyaning kelajagi muhokama qilindi. Tehron sammitiga  G’arb uzoqdan tomoshabin bo’lib qoldi, xalqaro hamjamiyat va tashkilotlar ovozini chiqarmagan bir dunyoda esa Turkiya, Suriyaliklarning qatl etilmasligi uchun qanday yolg’iz qolganini va durust ravishda kurashganini aniq bir dalili hisoblandi.Turkiya va Rossiyaning xabar bo’lmasdan turib Eron uchrashuvlarni jonli ravishda efirga uzatishi,  shunday qilib ochiq haqiqatni umumjahonning   eshitishiga vosila bo’ldi. Ochiq unutilgan mikrofon kabi. Afsuski uchrashuvlarda boshqa liderlardan Suriyaliklar uchun  insoni fojiaga  doir qayg’uli bir jumla eshitmadik. Prezident Erdo’g’an bir necha marotaba sulhning joriyligini tilga olar ekan, Turkiya ko’pchiligi Suriyaliklar bo’lib  4.5 million emigrantga  mezbonlik qilganini aytdi. Holbuki, Turkiya ham ko’plab o’lka kabi chegaralarini emigrantlarga,  yuragini insoniyatga yopishi mumkin edi. Bir necha ming  emigrantni ko’rgan Yevropa ittifoqi  o’z qadriyatlarini, inson huquqlarini, erkinlik, tenglik, birodarlikni ko’rmasdan kelgandir, emigrantdan nafrat ustidan hokimiyat qilgan ba’zi Yevropa o’lkalari kabi harakat qilishi mumkin edi. Darhaqiqat bunday qila olmas edi . Turkiyani  farqli qilgan zotan  tarixiy, vijdoni insoni mas’uliyat hissi sababli bu o’lkalar kabi harakat qilmadi.

Urushning 7- yilida tomonlarning vaziyatlarida  afuski bir muhim o’zgarish bo’lmadi.

Rossiya, Suriyadagi harbiy bazalari yordami bilan o’rta yer dengizda yana faol bo’lish va Qrim, Gruziya, Ukrainada emas,  g’arb bilan yana uzoq bir geografiyada duch kelish maqsadi bilan rejimni himoya qilishda davom etadi.

Eron mintaqviy bosqinchilik siyosatini Suriyada davom ettirmoqda. Diniy lider Ali Xamanayiga do’stligi bilan  bilingan, Tehron deputati Ali Riza Zakani, “ Uch Arab o’lkasi  bugunki kunda  Eronning qo’lida va Islom inqilobiga qaramli degan edi.

Sana, Eron inqilobiga ishtirok yo’lida to’rtinchi Arab  poytaxti ” deb ifoda etish Eronning mintaqaviy bosqinchiligini ma’lum qilmoqda. Livan, Iroq, Yaman, Suriya poytaxtlari, Zakai iddao  etganidek qanchalik “Eronning qo’lida” bilmayman.  Faqat  bu o’lkalardagi o’zgarishlar, mintaqa insonlarning to’kilgan  qonidan va sodir bo’lganlardan Eronni  ham javobgar deb ko’rganlarini ma’lum qilmoqda. Iroqning 2- yirik shahari va eng muhim porti Basrada ko’pchiligi shia bo’lgan xalqning  Eronga qarshi ko’chlarda namoyish o’tkazib Eron Bosh Konsuliga o’t qo’yishi Eron bosqinchilik uchun kirib borgan o’lkalarda qoldirgan izlar jihatidan ibratli.

Dunyoning  boshqa bir uchiga  borib , Eronga deyarli birgina emigrant hatto bormagan  Suriyaliklar Eronning mazhabchi siyosati,qo’shniligiga va insoniy qadriyatlariga doir hech bir umidlari bo’lmaganlarini ko’rsatmas mi?

Suriya urushining ortidagi eng muhim va asosiy o’lka har holda Isroildir. Isroil, mintqadagi raqiblari  hammasi birgalikda o’z  kuchini boy berishi uchun urushning mumkin bo’lgani qadar davom etishini boshdan beri jim- jit va chuqur bir siyosat olib bormoqda. Ushbu siyosat Isroilning chegaralarini, sionist  Yahudiylar arzi ma’vbud ideali doirasida, Turkiyaning Janub sharqiyni o’z ichiga olgan “ va’da qilingan tuproqlar”ga qadar kengayishni nazarda tutgan “ Buyuk Isroil ”strategiyasi bilan mos kelmoqda. Belki boshdan beri bu jihatda siyosatlar rivojlantirmoqda.

AQShning Suriya siyosati esa Isroildan mustaqil emas. AQSh, DEASh, tahdid bartaraf etilishiga qaramasdan PKK- PYD terror tashkilotiga har turli qurol bilan favqulodda himoya qilishga davom etmoqda. Ushbu himoya ko’rinishda Eron doirasida Eronni  o’rab olish uchun amalga oshirilgani ifoda etilmoqda. Turkiyani ham bo’lish niyati bo’lib, Turkiya chegarasi bo’ylab  o’z ichiga oladigan PKK- PYD terror davlati uchun berilgan favqulodda himoya va yordam  faqatgina Eronning o’rab olish bilan  izoh etish mumkin mi?  Yoki Isroilning uzoq muddatli maqsadlariga erishish uchun bu terroristk  koridormi? Va Yevropa ittifoqida   o’ng qanotlarning borgan sari o’z ta’sirini orttirgan va o’lkalarni asir olgan bir vaziyatda  va yagona maqsadlari  uch besh Suriyalik emigrantning o’lkasiga kelmasligi uchun Yevropa o’lkalari Suriya  siyosatidan bahs etish mumkin mi?

AQSh  faqatgina Isroil indeksli siyosatidan voz kechmagan taqdirda,  Yevropada bir foydasi bo’lgan bo’sh va’dalarning tashqarisida aniq qadamlar  tashlamagan sari, Rus va ajam himoyali, Suriyadagi rejim hujumlarini to’xtatishini  kutish behbuddadir. Yevropa İttifoqi va AQSh, Suriyaliklar o’z o’lkasida o’lishi  yoki Turkiyada qolishi ular uchun bir muammo tashkil etmaydi.

Suriyada dunyoning ko’zi o’ngida etnik bartaraf etish jinoyati  amalga oshirilmoqda. O’lkaning aholi tuzilishi o’zgartirilmoqda. Rejim va himoyachilari, ba’zan G’arblik o’lkalar,  qo’lga kiritmoqchi bo’lgan shaharlarni terror uyasi holiga keldi deb  bu yerlarni bombalar. Buning natijasida minglab inson o’lkasini tark etmoqda majburiyatida qoladi. Millionlab inson terrorist bo’lganiga ishonadi mi?  Bu yerdagi maqsad etnik guruhlarni  bartaraf qilish, shaharning demografik tuzilishini  o’zgartirish emas esa nimadir?  Maqsad terror tashkilotlari bilan kurashish esa buning yagona yo’li, terroristlarni va ma’sumlarni ajratmasdan  shaharda yashagan barchani birgalikda yo’q qilish mi?

Zararini urushganlar emas, Turkiya kabi insoniyat nomidan qayg’usi bo’lganlar to’lagan Suriyadagi iflos urushni  yakunlashi kerak. Yaralarni  tuzatish uchun uzoq yillar davom etadigan qadamlar tashlanishga boshlansin. Bu urushda bombalar bilan tiriklayin yoqilgan chaqaloqlarning aybi nima? Yuraklarimiz, bombalar ostida qolmaslik uchun o’lkasidan qochar ekan, dengizlarda g’arq bo’lgan qanchalik Aylan chaqaloqning   dramalarini   unutish  mumkin mi?

Insoniyat tarixida qancha  zolimlar kelib ketdi. Idi Amin, Stalin, Pol pot, Gitler Mussolini, Kont Drakula( Qaziqli Voyvoda), xochlilar, Hajjaji Zolim bularning lideridir. Faqat tarixda hech bir zulm doimiy bo’lmagan,  erta yoki kech zulmlari Zolimlar boshiga yiqilgan, qisqa davrda bo’lmasa ham uzoq muddatda har doim mazlumlar g’alaba qozongandir. Bugun bu zolimlar barcha tomonidan bilinadi va la’natlanadi, uzoq muddatda odamiylik g’alaba qozonadi. Qaroqchi dunyoga hukmron bo’lmas.

Anqara Yildirim Bayazid Universiteti Siyosat  Fanlar Fakulteti Dekani Prof. Dr. Kurdrat Bulbulning

Fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik. 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Idlib , #Turkiya , #Hujum

Aloqador xabarlar