O'zbekistondan xabarlar 37-qism

O`zbekiston va Rossiya delegatsiyalari Moskvada bo`lib o`tgan 19-hukumatlararo qo`shma komissiyasi yig`ilishida ishtirok etdi.

O'zbekistondan xabarlar  37-qism

 

O`zbekiston va Rossiya delegatsiyalari Moskvada bo`lib o`tgan 19-hukumatlararo qo`shma komissiyasi yig`ilishida ishtirok etdi.

O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Hukumatlararo qo`shma komissiyaning navbatdagi majlisida Rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedyev bilan iqtisodiy hamkorlik bo`yicha muzokaralar o`tkazdi.

Kengaytirilgan tarkib uchrashuvi oldidan bosh vazirlar ikki tomonlama muzokaralarni o`tkazdi. Shundan so`ng muloqot kengaytirilgan tarkibda davom etdi. Ikki mamlakat bosh vazirlari turli sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O`zbekistonga oktyabr oyida rejalashtirilgan rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar.

Rossiya Hukumati rahbari Dmitriy Medvedyev o`z chiqishida ikki mamlakat iqtisodiy sohadagi hamkorligini jadal suratlarda ortganligini aytar ekan, o`zaro savdo hajmi uch karra ortganini qayd etib o`tdi.

Rossiya-O`zbekiston hamkorligining strategik xarakterga ega ekanligini ta'kidlagan Medvedyev, o`zaro aloqalarning yangi mexanizmini yo`lga qo`yish maqsadida hukumatlar darajasidagi qo`shma komissiya tashkil qilganliklarini ma'lum qildi.

Medvedyev, O`zbekiston Rossiya tashqi siyosatining eng muhim va istiqbolli hamkorlarimizdan biri ekanligini aytar ekan, aviatsiya, mashinasozlik, engil sanoat, farmatsevtika va tibbiyot sohalarida ulkan imkoniyatlar mavjud ekanligiga urg'u berdi.

Medvedyev, shuningdek, Rossiya tomonidan O`zbekistonda atom elektr stansiyasi barpo etish to`g`risida bitim imzolanligini ma'lum qildi.

O`zbekiston delegatsiyasi rahbari Bosh vazir Abdulla Aripov Rossiya tomonga iliq qabul va mazmunli kun tartibi uchun minnatdorlik bildirib, Vladimir Putinning Toshkentga rasmiy safari oldidan o`tkaziladigan qator tadbirlar to`g`risida ma`lum qildi.

Aripov, Rossiya tomoniga O`zbekiston qishloq xo`jaligi mahsulotlari uchun yashil koridorni tashkil etgani, shuningdek, engil sanoat mahsulotlari bahosini soddalashtirish uchun qator choralarni qabul qilgani uchun minnatdorlik izhor qildi.

Muzokara yakunlariga ko`ra, tomonlar iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo qo`shma komissiyaning 19-majlisi bayonnomasini imzoladilar.

Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy o'tgan xaftada rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi.

Tashrif doirasida Ko`ksaroy qarorgoxida Abdulfattoh as-Sisiy O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o'tkazdi. Shundan so'ng ikki davlat delegatsiyalari o'rtasida kengaytirilgan tartibdagi muzokaralar bo'lib o'tdi.

O`zbekiston va Misr delegatsiyalari o`rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvlar nixoyasida ikki mamlakat hukumat va vazirliklari o`rtasida turizm, investitsiya, soliq, adliya, qishloq xo`jaligi, madaniy meros, sport, tashqi ishlar va yoshlar masalalari bo`yicha 12 ta hujjat imzolandi.

Ko`ksaroyda o`tgan muzokaralar bo`yicha O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyning Qo`shma bayonoti qabul qilindi.

Prezidentlar bo`lib o`tgan muzokaralar va erishilgan kelishuvlardan mamnunliklarini aytar ekan, O`zbekiston bilan Misr munosabatlarida yangi bosqich boshlanganini ta`kidladilar.

"Abdulfattoh as-Sisiy janoblarining O`zbekistonga birinchi rasmiy tashrifi ikki mamlakat munosabatlarida tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. Ochiq, do`stona va amaliy ruhda o`tgan muzokaralarimiz barcha masalalar yuzasidan yondashuv va qarashlarimiz o`xshashligini ko`rsatdi. Ishonchim komilki, bugungi kelishuvlar O`zbekiston bilan Misr o`rtasidagi munosabatlarni sifat va mohiyat jihatidan boyitib, o`zaro manfaatli hamkorligimizni yangi, yuqori bosqichga ko`tarishga xizmat qiladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy O`zbekiston bilan hamkorlikning barcha sohalari bo`yicha kelishib olganini, bu kelishuvlar kelgusi tashriflarga debocha va ulkan natijalarga poydevor bo`lishini ta`kidladi.

 

Toshkentda bo'lib o'tgan O`zbekiston-Misr biznes-forumida 470 million dollarlik bitimlar imzolandi.

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdul-Fattah As-Sisining O`zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida

O`zbekiston-Misr biznes-forumi va kooperatsion birja bo'lib o'tdi.

Biznes-forumi va kooperatsion birja doirasida tomonlar o'rtasida umumiy qiymati 470 million dollar bo`lgan bitimlar imzolandi.

Savdo-iqtisodiy yo`nalishning faol vakillarini birlashtirgan ushbu biznes-forum birinchi navbatda ikki davlat o`rtasida savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi hamda turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.

Biznes forumda so'z olgan O'zbekiston Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo`jaev o`z nutqida tovar ayirboshlash darajasi O`zbekiston va Misrning ulkan iqtisodiy imkoniyatlariga mutlaqo mos kelmasligini ta`kidlagan holda mavjud zaxiralardan hamda imkoniyatlardan samarali foydalanish ikki mamlakat iqtisodiyotining salohiyatini ancha oshirishini alohida ta`kidlab o`tdi.

Tadbirda sohaga taaluqli vazirlik, idoralar, shuningdek Misr hamda O`zbekistondagi yirik kompaniya va firmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Biznes-forum davomida tomonlar o`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat o`rtasida hududlararo aloqalarni o`rnatish muhimligini ta`kidladilar.

Biznes-forum ishtirokchilari turizm, farmatsevtika, elektrotexnika, noyob metallar ishlab chiqarish, meva-sabzavot va logistika markazini yaratish kabi o`zaro manfaatli iqtisodiy loyihalar bo`yicha muzokaralar olib borishdi. Muzokaralar natijasida jami 470 million dollarlik investitsion loyihalarni amalga oshirish bo`yicha bir nechta shartnomalar imzolandi.

Tomonlar shuningdek ikki mamlakat savdo palatalari o`rtasida ishbilarmonlar kengashini tuzish to`g`risidagi bitim imzolandi.

 

O`zbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlar o`tkazdi.

2017-2018 yillarda O`zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida hamkorlik dasturiga binoan 2018 yilning 5-6 sentyabr kunlari Ashxobod shahrida konsullik masalalari bo`yicha navbatdagi O`zbekiston-Turkmaniston maslahatlashuvlari bo`lib o`tdi.

Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda tomonlarning Minsk konventsiyasi qoidalarini ijrosi borasidagi o`zaro hamkorligiga ijobiy baho berildi.

Uchrashuvda O`zbekiston bilan Turkmaniston o`rtasida iqtisodiy va migratsiya jarayonlarini kengayishi ikki davlat tegishli organlari o`rtasidagi hamkorlikni, jumladan vakolatli organlarning so`rovlarini o`z vaqtida ko`rib chiqish va bajarish, birinchi davlat hududidagi ikkinchi davlat fuqarolariga bog`liq tegishli xabarnomalarni belgilangan muddatlarda yuborish masalalarini faollashtirishga olib kelishi ta'kidlandi.

Tadbir yakunida tomonlar o'rtasida Bayonnoma imzolandi.

       


Tanlangan kalimalar: Misr , O'zbekiston

Aloqador xabarlar