Turkiya tashqi siyosatiga nazar 35- qism

Yevrosiyoning vaTurk olamining strategik o’lkalaridan birovi bo’lgan Qozog’iston respublikasi  mustaqillik e’lonidan beri rahbariyatini Mursulton Nazarboyev yuritmoqda.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 35- qism

 

Yevrosiyoning vaTurk olamining strategik o’lkalaridan birovi bo’lgan Qozog’iston respublikasi  mustaqillik e’lonidan beri rahbariyatini Mursulton Nazarboyev yuritmoqda.

 Biz ham bu hafta dasturimizda Qozoq modelini  tashkil etgan Nazarboyev  ma’muriyati va mintaqaga bo’lgan ta’sirini muhokama qilamiz.

Otaturk universiteti xalqaro aloqalar kafedrasi bo’limi tadqiqotchi xodim Dr. Jemil Do’g’ach Ipakning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz...

          Nursulton Nazarboyev, Qozog’iston yangidan mustaqilligini  qozongan 1991- yilidan beri o’lkaning lideri.

          1991dan buguncha faqatgina Qozog’istonni  emas, Turk olamining va boshqa ko’plab o’lkaning ham ishonchini qozondi. Tinchlik tarafdori bir lider sifatida dunyo jamoatchiligida ham  katta hurmatga sazovor.

          Nazarboyev, Almati  yaqinlarida Chemolganda hurmatga sazovor bir oilaning farzandi sifatida dunyoga keldi. Sovuq urush yillari boshlaganda

Boshlang’ich va o’rta  ta’limini  davom ettirdi. Litseyda esa metallurgiya o'qidi. 1962- yilida karagandi universitetidan metallurgiya muhandisi sifatida bitirdi. 1984- yiliga qadar yuritgan muhim byurokratik vazifalarida ishchilarning fardi muammolari bilan  katta qizish ko’rsatdi.  Sanoat muammolarining yechimida muhim rol o’ynadi. Ishchilar haqlarini  himoya qilib markazga takliflar kiritdi.

          1991- yili 1- dekabrda  o’tkazilgan saylovga bir nomzod sifatida ishtirok etgan Nazarboyev, 21- dekabrda Almatida Qozog’istonga mustaqillikni qozontirgan protokolni imzoladi. 1991dan keyin 1999, 2005, 2011 va 2015 saylovlarida  ham nomzod bo’ldi va bu saylovlardan xalqning buyuk himoyasini olishni bajardi. 1997da poytaxt Almatidan Astanaga ko’chdi. Nazarboyev, Rossiya bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarini davom ettirdi faqat AQSh, Turkiya, Turk olami, Yevropa ittifoqi va Isroil bilan ham  aloqalarini mustahkamlashtirdi.

          Nazarboyev, tashqi siyosatda esa  bir tomonlama siyosat yuritish o’rniga har o’lka  qarshi   teng masofada to’xtamoqda. Ko’p tomonlama bir siyosat ta’qib etmoqdadir. Ushbu ko’p tomonlama siyosati  bilan Nazarboyev dunyoda  “ kelishtiruvchi lider “ sifatida ko’rilmoqda. 

          Ma’lum bo’lganidek Nazarboyev Suriya inqirozi va Suriyada sodir bo’lgan insoniyat  fojiasiga yakun yasash uchun ham davra kirdi. Rossiya, Eron va Turkiyaning himoyasi bilan o’tkazilgan Astana yig’ilishiga ham mezbonlik qildi. Qozog’iston uchrashuvlariga mezbonlik qilishi Suriyaning muhim aktyorlaridan biri bo’lgan Turkmanlar ham Astanadagi  uchrashuvlarga ishtirok etishiga  ijobiy qarashga vosila  bo’ldi.

          Qozog’istonda Turk olamiga katta ahamiyat bergan va Turk olamiga doir original fikrlari  bo’lgan Nazarboyev  kabi bir lider bo’lishi Turk olami uchun bir fursat hisoblanadi. Nazarboyev Turk olamida hamkorlikka doir fikrlari esa  Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkiya a’zo bo’lgan Turk  kengashi uchun ham turli imkoniyatlar taqdim etishi mumkin. Bu nuqtada Qozog’iston va Turkiyaning  himoyasini olgan Turk kengashiga  Turkmaniston va o’zbekistonning  ham ishtirok etib  yana mustahkamlashtirilishi kerak.

Turk olami  o’z ichida kuchli bir hamkorlik ta’min etilsa buning xalqaro tashkilotlar saviyasida ham

Ijobiy aks  ta’siri muhaqqaq bo’ladi.   Holi hozir qanday Fransiya, BMT Xavfsizlik kengashida Frankkofon o’lkalarining namoyandasi sifatida ko’rilsa, kelgusida   Turkofon o’lkalar namoyandalik qilgan bir Turk kengashining a’zosi ham BMTXKda bo’lish talabi Turk olami tomonidan BMTga taklif kiritiladi.  

          Nazarboyev, terror tashkiloti FETOning Turkiyadagi 2016- yili 15- iyul harbiy to’ntarishdan keyin  darhol Turkiyani himoya qildi. Va Anqarani ziyorat etgan dastlabki davlat prezidenti bo’ldi.

Nazarboyev  Turkiyadagi harbiy to’ntarishdan  keyin dastlabki mehmoni bo’lishi juda ma’noli edi.

Nazarboyevning “ Turkiyaga dushman bo’lgan bizga ham dushman” deb bayonot berishi haqiqiy birodarlikning bir ishoratidir. Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an, Nursulton  Nazarboyevni barcha ma’ruzalarida Turk olamining oqsoqoli” deb baholamoqda. Buni Nazarboyevning Turkiya safari paytida Erdo’g’anning ana shu bayonotida ham ko’rgan edik:

“ Janob Prezident go’yo Turk olamining bir oqsoqoli vaziyatdadir.

Janob Nazarboyev tatbiq eta boshlagan aqli va muvozanatli  siyosati yordamida Qozog’iston

Bugunki kunda mintaqaning va dunyoning hurmatga sazovor  bir aktyori holiga kelgandir.

Mushtarak,til va madaniyati bir bo’lgan birodar o’lka Qozog’iston mustaqilligining  ortidan siyosiy barqarorligini  mustahkamlashtirdi. Tez bir iqtisodiy rivojlanish amalga oshirdi”.

          2016- yilida Qozog’istonga qilgan safarlarida Qozog’istondagi o’zgarish va aylanishni  o’z joyida tekshirish fursati topdi. Bu  nuqtada shuni ta’kidlash kerak Nazarboyev ichida bo’lgan asr  va zamonning ruhini  juda yaxshi o’qigan bir liderdir. Bu jihatda Nazarboyev Kiril  alifbosidan lotin

 Alifbosiga o’tish  uchun bergan buyurig’i juda muhim edi.

Bu jihatda Nazarboyev 2025 yiliga qadar barcha kitoblar, muddatli nashrlar  va rasmiy hujjatlar lotin alifbosida chop etilishga boshlashi kerak deb bildirdi.  Bu qadar Turk olamida til va Alifbo birligi uchun  juda muhim va strategik bir harakat edi.

          Nursulton Nazarboyevning  nazariyasi va strategiyasi bilan shaklangan “ Qozoq modeli” Turk madaniyatining qadim meroslaridan  kuch olmoqda va “ barqarorlik” bilan  “iqtisodiy rivojlanish” ko’rsatmoqda. Natijada Qozog’iston 2018 – yili bilan birgalikda tarixiy bir davrga qadam tashlamoqda. Qozog‘istonning maqsadi dunyodagi eng  rivojlangan 30 o’lka qarorida  o’rin olish, ishonaman ki Qozog’iston, Nazarboyev rahbariyatida qarorli yurishini davom ettiradi. Bugun, Nursulton  Nazarboyev  va Rajab Tayyib Erdo’g’an kabi liderlarning mavjudiyati ham ikki o’lka jihatidan   va Turk olami  uchun  katta bir fursatdir.

Otaturk universiteti xalqaro aloqalar kafedrasi bo’limi tadqiqotchi  xodim Dr. Jemil Do’g’ach Ipakning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik...

 

 


Tanlangan kalimalar: Oqsoqol , Olami , Turk , Qo'zog'siton

Aloqador xabarlar