Kun tahlili 34-qism

Dasturimizning bugungi bo'limida Turkiya AQSh munosabatining oxirgi vaziyati haqida so'z qilamiz.

Kun tahlili 34-qism

Turkiya va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasidagi sovuqlikning ham tarkibiy ham da konyunkturaviy sabablari bor. Tarkibiy ma’noda AQShning 1952-yili NATO tarkibiga kirganidan beri Turkiya bilan assimetrik munosabat qurish niyatida bo’lishi oldingi o'rinda turadi. Lekin Turkiyaning ayniqsa Adolat va taraqqiyot partiya hukmronligi davrida mustaqil tashqi siyosat kuzatishi, Turkiyaning o’z manfaatlarini markaziy nuqtaga olgan pozitsiyada turishi AQSh tomonidan haligacha hazm bo’lolmaydi.

Konyunkturaviy jihatdan esa Amerika Qo’shma Shtatlarining FETO to’daboshi Fetullah Gulenni ekstraditsiya qilmasligi, Sud jarayonini boshlatmasligi va Pensilvaniyada bemalol umr surishiga shart-sharoit yaratib berishi o’zaro munosabatlarni yana-da suvuqlashishiga yo’l ochib bergan sabablardir. Amerika Qo’shma Shtatlarining ayni vaqtda Suriyada PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti bilan birgalikda ish olib borishi, ularni mahalliy hamkor deb baholashi, ularga ta’lim berishi va ularni qurol bilan ta’minlashi Turkiya jihatidan qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ridir. Chunki PKK terror tashkilotining Turkiyaning janubiy chegarasida shunchalik keng o’rin olishi Turkiya jihatidan milliy xavf hisoblanadi.   

Endilikda Brunson va F-35 uchoq inqirozi ikkala mamlakat o’rtasidagi bu sovuqlikka qo’shimcha bo'ldi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Senati a’zolari oxirgi vaqtlarda Turkiyaga qarshi Brunsonning qamoqda bo’lishi va Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit raketa tizimlarinining olinishi masalasini gapirib yurgan edi. Brunsonning ozod etilishini nafaqat senat a’zolari balki Oq uy tomoni ham talab qilayotgan edi. Chunki Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan amalga oshirgan uchrashuvlarida Brunsonning ozod etilishini talab qilgan. Undan tashqari AQSh Prezidenti Trump, Brunsonning ozod etilishini talab qilgan tvitlar ham yozgan edi. Turkiyada yashagan Brunson 15-iyul kungi FETOning to’ntarish tashabbusi ortidan FETO va PKK terror tashkiloti bilan aloqa o’rnatganlikda ayblanmoqdadir. Amerika Qo’shma Shtatlaridagi evangelist muhitning qo’llab-quvvatlashlarini qo’ldan boy bermaslik va evangelist saylovchilarini qo’lda ushlab turish maqsadida Amerika Qo’shma Shtatlari vitse-prezidenti Mike Pence bergan bayonotida Turkiyadan 2 yildan beri sud jarayoni davom etgan Brunsonning ozod etilishini talab qildi va Turkiyani sanksiyalar bilan tahdid qildi. Ko’p o’tmay Trump, o’rinbosari Pencening bayonotini qo’llab-quvvatladi va Turkiyani takror tahdid qildi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li esa AQShning tahdidlarini qabul qilmaganliklarini, Turkiyadagi sud jarayonining mustaqil ravishda davom etganligini va Amerika Qo’shma Shtatlarining talablari sud jarayonining erkinligiga javob bermaganligini ifoda etdi. Amerika Qo’shma Shtatlarining Turkiyaga nisbatan olgan sanksiya haqidagi qarorlariga mamlakatning Adliya va Ichki ishlar vazirlariga nisbatan kiritilgan sanksiyalar ham ilova etildi va Turkiyaning kredit olishi borasida cheklovlar tadbiq etilgan. Bu qaror bilan birgalikda AQShning Turkiyaga qarshi ochgan iqtisodiy urushi boshladi.   

Turk bozorlari va valyuta kurslari spekulyatsiyalar orqali manipulyatsiya qilina boshladi. Iqtisodiy hujum ortidan qadrsizlashdi. Turkiyaga qaratilgan iqtisodiy hujum ortidan Turkiya Markaziy banki muhim qarorlar qabul qildi va Turk lirasining qadrsizlanishini to’xtatib, dollar oldida takror kuchga kirishini ta’minladi. Chunki 7 liradan ortgan dolar kursi, ikki kun ichida 6 liradan ham tushib ketdi.

Turkiyaga qarshi iqtisodiy hujum avj olgan kunlar va soatlarda G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak Turkiyaning yangi iqtisodiy modelining qoidalarini e’lon qildi. Huddi ana shu vaqtda Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump, Turkiyaga po’lat va alyuminiy uchun boj to’lashlarni oshirganligini e’lon qildi. Trupning bayonoti valyuta kurslariga jiddiy ta’sir qlishiga qaramay Turk lirasi takror kuchga kirdi. Trump Turkiyaga nisbatan sanksiya kiritar ekan ayni vaqtda Xitoy bilan ham iqtisodiy urush ichida bo’lishi muhim nuqta hisoblanadi. Chunki Trumpning Turkiyaning boj to’lashlarini orttirishi haqidagi bayonotidan bir necha kun o’tib Xitoy Turkiya va Rossiyadan mahalliy pul birligi orqali po’lat va alyuminyum eskport qilajagini bayon etdi. Turkiya Amerika Qo’shma Shtatlarining iqtisodiy hujumiga ma’ruz qolar ekan Rossiya va Eron Turkiyani yolg’iz qoyib qo’ymadi.

Faqat Turkiya uchun iqtisodiy tarmoqda eng muhim bozor hisoblangan Yevropa ittifoqining munosabati AQShning sanksiyalariga qarshi judayam muhim edi. Yevropa ittifoqi va ayniqsa Germaniya Turkiyaning iqtisodiy ma’noda zaiflashini xohlamaganligini va Turkiya bilan o’z munosabatlarini davom ettirish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi. Turkiya iqtisodiyoti zaiflashgudek bo’lsa unda buning ziyoni Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarga ham tegar edi. Chunki Turk lirasining birdaniga qadrsizlanib ketishi Yevropa birjalari va yevro-dollar kursiga salbiy ta’sir qildi. Ayniqsa Italiya va Ispaniya banklarining Turkiyaga yirik miqdorda kredit ajratib berishi Yevropa ittifoqining Turkiyadagi inqiroz ehtimollariga qarshi tashvishga solmoqda.      

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi (SETA) tadqiqotchisi va yozuvchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

                                                                                          


Tanlangan kalimalar: iqtisodiy urush , AQSh , Turkiya

Aloqador xabarlar