Umumbashariy nuqtai nazar 31-qism

G'arb bilan aloqali uch farqli nazariyanig natijalari...

Umumbashariy nuqtai nazar 31-qism

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakulteti dekani Prof. Dok. Kudret Bulbul.

     Oxirgi 20 yilga nazar solganda, Usmoniy imperiyasining so’ngi davlari, Jumhuriyat davri va zamonaviy tufakkirlar tortishgan mavzulardan biri G’arb bilan aloqali qanday uslub izlash bo'lgandir. Tanzimat davri, G’arb madaniyatiga, Yavropa Ittifoqi va so’ngi davrlarda gilobalizatsiyaga doir turli bohonalar bilan olib borilgan tortishuv, aslida G’arbga qarshi izlanadigan uslubimizning aks-sadolari bo'lgan.

Usmoniy davri tafakkurlarining G’arbga, G’arb madaniyati bilan aloqali uch farqli nazariyaga ega bo’lganini aytish mumkin. Taslimiyatchilik deb aytiladigan ilk namuna u davr Ijtihotchi nashriyot uyi egasi va yozuvchi Abdullah Jevat izlagan yo’ldir. Jevdetga ko’ra yagona bir madaniyat mavjud. U Ham G’arb madaniyatidir. G’arb madaniyatini har tomonlama qabul qilish kerak. Bo’lmasa yo’q bo’lishga olib keladi. Ikkinchi bir uslub esa rad etuvchi deb aytilmoqda. Bunlar har doim G’arbga qarshi chiqgan, G’arbni g’oyoki yomonliklarning onasi kabi ko’rgan nazariyaga ega.

Uchinchi nazariya esa adolatli yoki o’ziga ishongan holda izlangan uslub deb ayitsh mumkin. Bu nazariyada G’arbning imperializm izlanuvlariga ko’z yummaydi. Bu bilan birga taslimiyatchi va rad etuvchilar orasida bir yo’l izlash mumkin. G’arbga g’azablanib uning ijobiy tomonlarini ko’rishga to’sqinlik qilmaslik kerak. Bunga  namuna 1. Jahon Urushi yillarida Usmoniy Vaziri Said Halimni ko’rish mumkin. Vazirga ko’ra buncha narsaga qaramasdan Sharqning va G’arbning bir birini yaxshi bilishi kerak. Sharq va G’arb o’rtasidagi tezkarilikdan faqat G’arbning aybdor bo’lmagani, sharqning ham ulujii bo’lganini ifoda etadi. Vazir 'Taasub' nomli asarini qalamga olishining maqsadi bu ikki jamiyat o’rtasidagi qizg’in va dushmalikni orttirmasdan, yoma yon yashagan va bir birini tanib bilishga majbur bu jamiyatlar o’rtasida ijobiy aloqalar o’rnatishga to’sinqinlik qilmagan noto’g’ri tushunchalarni bartaraf qilishi bildirilmoqda.

 

No’g’ri uslubda bo’lish va natijalari...

Bu tortishuvlar tarixda qolmagan. Aslida hozirgi kunda avjiga ko’tarilgan. Globalizatsiya bilan Sharqning, G’arbning, Shimolning, Janub geografiyasining qayerda boshlanib qayerda yakun topgani endi noma'lum. Dunyo deyarli birlashgan. Dunyodan chetlanib o’z madaniy chiziqlarimiz ichida qolishning iloji yo'q. G’arbda millionlab emigrant va Musulmon yashamoqda. Geografik nuqtai nazardan G’arbga qarshi chiqish o’rniga bu yo’lda olg’a borish kerak. G’arb jamiyatlari haqida suhbatni davom ettirishimiz mumkin. Chunki g’arb jamiyatlaridagi emigrantlar va Musulmonlar ustidan masalani yaxshi tushunish kerak. Noto’g’ri tushunchaning oldini olish iloji ham bor. Hozirgi kunda G’arbda yashagan emigrantlar va Musulmonlar o’rtasida, Usmoniy ziyolilari orasida ham kuzatilgan taslimiyatchi yohuk rad etuvchi bir radikalimzga tomon yo’l olinmoqda.

Avstriya, Kanada, AQSh kabi davlatlarda farqli kimlik va madaniyatlar hur yashamoqda. Buning natijasi sifatida, bu o’lkada yashagan emigrantlar va Musulmonlar, yashagan jamiyatlar bilan moslashishga urinmoqda. Yevropada esa, o’lkalarning bosim, asimilatsiya, norozichilikka sabab bo’lgan siyosat tufayli, taslimiyatchi va rad etuvchi uslub yana ham ko’p kuzatilmoqda. Bu davlatlarda emigrantlar, keltirgan madaniyat va diniy ishonchlar bilan yashagan jamiyatlari bunga kamroq munobabat ko’rsatmoqda. Balki shuning uchun tezda moslashib ketmoqda. Rad etganlar jihatidan, o’z kimligi va madaniyati bilan bog’liq borgan G’arb davlatlarida qabul ko’rmagan yohud o’z dardini tilga ola olmagan kishilar, yashagan jamiyatning qadriyatlarini, butunlay rad etgan bir nazariyaga ega bo’lmoqda. Bunday radikallashgan tomonlar ma’lum muddatdan keyin yashagan jamiyatdan uzoqlashmoqda. Mana unlarning o’zlari, tashlab chiqgan vatanlari va yashagan jamiyatlarga hissa qo’shish kuchi ham yo’q bo’lmoqda. Bu jamiyatlar terror tashkilotlari uchun zamin yaratmoqda. Shuning uchun, Afg’oniston, Iroq, Liviya kabi G’arb tomonidan ishg’ol qilingan davlatlardan tashqari, Ishid kabi terror tashkilotlarining eng ko’p qo’shilganlar g’arb davlatlaridan bo’lgan. Hamma narsaga qarshilik ko’rsatgan, hamma narsani rad etuvchi bir ruhiyat ichida, G’arbdagi bu guruhlar uchun terror tashkilotlari qurtulish misoli tuyulmoqda. Holbuki bu yoshlar Ingliz, Fransuz, Nemis kabi tillarni putxa biladi. Ayrimlari oliy ta’lim egasi insonlar.  O’z madaniyat va ona tillarini ham biladilar. Agar to’g’ri yo’lda bo’lsalar ham o’na vatanlari uchun G’arb uchun ham bir dengiz mash’ali bo’la olar ekan, noto’g’ri yo’llar orqali terror tashkilotlarining sue'stimoliga uchramoqda. Rad etuvchi uslub, kerak bo’lsa bunga moyillar kerak bo’lsa yashagan jamiyatlarida istiqbollari yo’q. Ayrimlari G’arb razvetkasida ham ishlamoqda. Ushbu razvetka xizmatlari, rad etuvchi uslubdagilarni va nazariyalarining Musulmon davlatlarda tarqalishiga ham hissa qo’shmoqda.

 

Rad etuvchan uslubga qarshi, G’arbda  istiqomat qilgan emigrantlar bir  boshqa noto’g’ri uslub izlab butunlay taslimiyatchilik ko’rsatmoqda. Bu uslubning izlanishida unlar yashagan jamiyatning, davlat tomonidan boshqa chiqish yo’li qoldirlimagani uchundir. Taslimiyatchi uslub, fardlarning o’tmishda ega bo’lgan qadriyatlar, ishonchlar va madaniyatlaridan voz kechib asimilatsiya etmoqda. Taslimiyatchi tomonlarning ham, o’z erkinligidan voz kechganda, yashagan jamiyatlariga hissa qo’shish kuchi yo’qolmoqda. Bu uslub aslida, o’zlashtirilmagan bir harakat har hodisada qaytadan alanga olmoqda. Yevropadagi emigrantlar ichidan chiqib asimilatsiya bo’lgan ayrim toifalarning, o’z jamiyatlari, madaniyati va o’lkalariga haddan tashqari norozichilik ko’rsatishining sababi mana shu bo’lishi mumkin. Bu radikal uslubda, emigrantlarning o’z jamiyati tomonidan kamsitilishi, yashagan o’lka vajkillari tomonidan dastaklansa, unlar yashagan davlat bilan emigrantlarning va unlarning ona vataniga salbiy ta’sirlari bo’lishiga olib kelmoqda.

 

Adolatli uslub izlash nimaga  chorlaydi? Keyingi dasturimizda bu haqda  suhbatimizni davom ettiramiz.

 

 


Tanlangan kalimalar: Umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar