Umumbashariy nuqtai nazar 30-qism

G'arb bilan aloqali qanday uslub izlash kerak?

Umumbashariy nuqtai nazar 30-qism

       Anqara Universiteti siyosat bilimlari fakulteti dekani Prof. Dok. Kuder Bulbul  

 

So’ngi ikki asrdan beri deyarli barcha davlatlar G’arb davlatlaridan namuna olmoqda yohud qarshi chiqmoqda. Bu vaziyat asosan G’arb va uning madaniyatining ravnaq topishidan kelib chiqmoqda. G’arbning mag’lubiyatiga uchragan jamiyatlar, bunga yechim sifatida ma’lum nispatda G’arbni namuna olishga boshlagandir. Ushbu jamiyatlar o’z madaniyatlari bilan o’zlashish o’rniga zamonasiga ko’ra o’zligini boy berib, e’htiyojlarini yohud uchragan tahditlarni tarfaraf qila olmagani uchun afsuski mavjud ahvolga kelgandir. Bu jamiyatlarning o’ziga xos yo’l, ontologik nazariyasi, epistomologik tushunchasi va izlanuvchan bo’lishi kerak.

 

Bahs mavzusi jamiyatlarning izlanishlari albattaki davom etadi. Lekin hayot ham surib ketmoqda. G’abdan chetda qolgan jamiyatlar “daslab o’zlarini tiklab olsunlar, keyin G’abr bilan aloqaga o’tsunlar” deb bo’lmaydi. Bir tomonda g’ayrat qilishga davom etar ekan, boshqa tomonda sharq, g’arb, shimol va janub bilan aloqada bo’lish kerak. Hayotni to’xtatib bo’lmaydi. O’z uslubi bo’lmaganlar qanday qilib g’arb va uning madaniyati bilan aloqa o’rnata oladi, G’arbga qarshi uslub izlash ham kun tartibiga kelishi mumkin. Islom madaniyati kabi buyuk madaniyatlar ko’hna ildizlari bo’lgan madaniyatlardir. Uzoq yillik boyligi, turli jamiyatlarni birlikda yashatish  tajribasi bilan hozirgi kunda mash’al misoli poydevor tashkil etmoqda. Mana ushbu dengiz mash’allari hozirgi kunda qarama qarshi bo’lgan muammolarga yechim topish uchun oydinlatuvchi xususiyatda. Qolaversa islom dinining oyatlari ham, kundalik hayot shartlariga ko’ra nozil etildi, go’yoki amaliy ravishda bosqichma bosqish. Jamiyatlar bir tomonda o’z ildizidan yangidan tug’lsa qanday qilib g’arb davlatlarining uslubi bilan o’zlashadi?

Bu savolning javobi ma’noli, lekin mihimdir. So’ngi ikki yuz yil ichida buning ta’siri yana kuchaygandir. Bundan tashqari turli jamiyatlarda millionlab inson G’arb madaniyatiga ko’ra yashamoqda. Boshqa geografiyalarda yashaganlarning, G’arb jamiyatlari bilan quradigan aloqalari juda muhim. Kerak bo’lsa ishg’ollar tufayli, kerak bo’lsa asimilatsiya siyosati tufayli boshqa mamlakatlardan G’arbga qarshilik ko’rsatilmoqda. Bu bilan bir qatorda, ba’zida, bu his tuyg’ular faqat g’arb bilan chekli emas, har tomonga tarqalmoqda. G’abga qarshi chiqish, Zamonaviylashishga qarshi chiqish, Kapitalizmga qarshi chiqish, Globalizatsiyaga qarshi chiqishlar har sohada kuzatilmoqda. Qarshilik ko’rsatish tuyg’usi har tomonlama bo’lishi mumkin. Bu Zamonaviylikka, globalizatsiyaga, G’arbga, siyonizmga, dunyoni o’rab olgan, hayotimizni qamrab olgan, istaganni qo’lga kiritish  kabi favqulloda bir kuch baxsh etmoqda.

 

Shubxasiz G’arb va madaniyati ichida qarshi chiqadigan ko’p unsor mavjud. Noto’g’ri, ishonchli mulohazalar bildirilgandan keyin qarshi chiqish ommaviy qarshi chiqish bo'ladi. Balki chorasizlik, mag’lubiyat, qamrab olish, erkinlik istagi bilan hamma narsaga qarshilik ko’rsatish va qarshi chiqgan narsasiga favqulodda ma’no yuklashi ham odamzodga rohat bag’ishlamoqda. Ommalarga, asosan yoshlarga jozibali bo’lishi mumkin. Lekin bir narsaga qarshi chiqish, o’ziga xos bir narsa vujudga keltirmaydi bu bir insonning, idologiyaning, shakilanishidir. Boshqa tomonda, bir narsaga qarshi javob sifatida qarshilik ko’rsatish, o’nlab ijobiy o’zgarishlarga qaramay, qamrab olishni yana ham chuqurlashtirishdan, hayyotdan, dunyodan va haqiqatlardan qo’porishdan boshqa nima bo’lishi mumkin? Faqat qarshi chiqish bo’lsa, onsonning o’zini so’rovga tutishini, qarshi chiqganlarining to’g’ri tomonlari va e’htimoliy hamkrolik imkoniyatlarini ham bartaraf qilgani uchun, aslida yechimsizlikni yana ham orttiradi. Bu kabi harakatlar qarshisida bo’lganlarning vaziyatini kuchaytiradi. Hashhashilar bilan Xristian missionerlar o’rtasidagi aloqa, hozirgi kunda radikal oqimlar bilan ayrim G’arb razvetka tashkilotlari o’rtasida mavjud aloqalarga namuna. Holbuki bizlar har tomonni devorlar bilan o’rab olgan, mag’lubiyatga uchragandek hamma narsaga qarshi chiqgan, hamma narsani rad etish o’rniga, o’zimizga ishonib masalalarni hal etishimiz zarur. Shuning uchun qarshi chiqishning jozibasiga, yechim topish havasi, intellektual safsatallarga aldanmasdan, adolatli va o’ziga ishongan holda har tomonlama aloqada bo’lish kerak. Masalaga bu nuqtai nazardan qaraganda, “G’arbga qarshi” emas “G’arb bilan aloqali” qanday bir uslub izlashni so’rab so’zga kirish kerak. Chunki “G’arbga qarshi” ifodasi, avvaldanor bir qarshilik ko’rsatishni anglatadi. Qarshi chiqish nazariyasi bilan harakat qilish bizni o’z yo’limizdan chiqaradi, qarshi chiqgan narsani belgilovchilarga bo'y sindirishga olib keladi. Boshqa tomonda “G’arbga qarshi” yo’l izlash albattaki g’arbni markazga aylantiradi. Qolaversa G’arbdan tashqari boshqa jamiyatlarning o’z diniy e’tiqodi, madaniyati va an’analari markazga olib harakat qilishi kerak. Biz esa, nazariyamizni tabiiy ravishda Islom va madaniyati, o’z tariximiz va madaniyatimiz belgilashi kerak. Unday bo’lsa hozirgi kunda G’ar bilan aloqali qanday bir vaziyatda va qanday nuqtai nazarga ega bo’lishimiz kerak? Bu tortishuvlar yangi boshlamadi. Ikki asrdan beri davom etmoqda. Bu tajribalardan foydalanib, mulohazalarimizni keyinga dasturlarimzida davom ettiramiz.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar