Umumbashariy nuqtai nazar 23-qism

Hanuz boshlamagan Prezidentlik tizimidan eski tizimga qaytish.

Umumbashariy nuqtai nazar 23-qism

 24- Iyul kuni Turkiya tarixida 32. Umumiy va ilk Prezidentlik saylovi bo’ladi. Avvalambor AK Partiya bo’lib, Jumhur ittifoqi, xalq tomonidan qabul qilingan Prezidentlik hukumat tizimi doirasida masalalarga qanday yechim topish yo’llarini ilgari surar ekan, Millat ittifoqi doirasidagi partiyalarning eng muhim da’vosi esa eski sistemasini qayta o’rnatishdir. Saylovdan keyin, agar g’alaba qozonilsa, tezda Parlamentar tizimga o’tish uchun faoliyatlar boshlanadi.

 

Muxolif partiyalar qanchalik ko’rsatishiga qaramasdan, Prezidentlik tizimi yoki Turkiyadagi nomi bilan Prezidentlik hukumat tizimi xalq tomonidan qabul qilingan vaziyatda. Ya’ni tizim 24- Iyun kuni to’liq kuchga kiradi. Muxoliflarning esa hanuz tizim haqida bir ma’lumot egasi bo’lmasdan rad etishini tushunish qiyin. Ustiga ustak qayta o’rnatilishi talab qilingan tizim Turkiyada deyarli 140 yildan beri tatbiq etilgan va davomli yangi muammolar chiqargan bir tizim.

Albatta Parlamentar sistema muvaffaqiyatli ishlagan davlatlar ham bor. Lekin to’g’ri qaraganda, Parlamentar tizim natijasida maydonga chiqgan inqirozlar, o’lkada ishlarning boshi berk ko’chaga kirishi, ichki va tashqi kuchlar orqali kelishi hanuz yoddan chiqmadi. (Bu mavzuda bundan avval yozgan, internette joy olgan “Prezidentlik Tizimi, Sabablari, Aniqlash va Kutilganlar” nomli maqolaga nazar solishingiz mumkin.)

1961- yilgi Konstitutsiya bilan kuchga kirgan, hech qachon millatni boshqarganlar tomonidan tekshirilmagan harbiy sud natijasida maydonga kelgan kamchiliklarni hamma biladi. O’lim jasozi olgan Bosh vazir va vazirlar, tahdit etilgan siyosatchilar, Majlisni o’rab olgan holda Prezident saylanishi kabi hodisalarni hanuz unutmadık.

Kerak bo’lsa saylov tizimi, kerak bo’lsa tashqi kuchlarning davomli aralashuvi bilan uzluksiz davom etgan siyosiy inqirozlar, koalitsiyalar, qisqa muddatli hukumatlar bilan o’lkani qanday jarlikka olib kelgani maydonda.

1961- yilgi Konstitutsiya bilan kiritilgan tartibotlar, faoliyat va tarkibida millatni tamsil etganlarning qat’iylik bilan faol bo’lmagan sud sistemasi bor. To’qtaruvlarning, harbiy aralashuvlar rasmiylashgan, hayotga va tashqi dunyoga yuz o'girgan, usti yopiq ishlagan bir sud sistemasi, o’lkada favqulodda rivojlanish, demokratiklashuv va erkinlik oldida to’siq bo’lgandir.

Tuzilishi davomli o’zgarb turgan byurokratiyamiz, tez tez almashib butgan hukumatlar va koalitsiyalar tufayli yana ham salohiyatsizlashgandir. Qisqa orada almashgan, yangi hukumatning o’zi bilan ishlab ishlamasligi haqida bir ma’lumoti bo’lmagan, qilganlari tufayli javobgarlikka tortilishdan qayg’ulangan bir byurokratlarning  qanday harakat qilishi  mumkin?

Turkiya istagani kabi harakat qilmasa, tashqi kuchlarning, global kuchlarning ichkarida, iqtisodiy yo’llar yoki terrorni avjlantirib sistemadagi muvozanatga bo’lgan ta’siri hanuz bartaraf etilmadi. Bu tarang va sistematik masalalarni, AK Partiya yillardan beri unutturdi. 2000- yildan keyin 4 davr hukum surgan AK Partiyaning yakka hukumronligi sizni adashtirmasin. Bu tizim natijasida bo'lmagan, nodir uchragan bir vaziyat.

Islom dunyosi ham bo’lib ko’p sonda davlatning asosiy masalasi, xalqning qarorining siyosatga qoniqarli ravishda aks etmagani, kuchga kelgandan keyin demokratik bir o’zgarishning kiritlmaganidir. Turkiyada qabul qilingan Prezidentlik hukumat tizimi bilan, Prezident saylanishi uchun nomzodlardan kamiga 50% ovo olishi, endi xalqga tayanishi kerak. Yangi vaziyatning qiyinchliklarini ko’rib Prezidentlik tizimini dastaklaganlar “Ajab to’g’ri ish qildikmi” deb qayg’ulanmoqda. Oldin boshqalariga e’htiyoji bo’lmasdan, o’z tarafdorlarining ovozlari bilan hukumatga kelishini o’ylar edi.

Bu nazariya Tayyib Erdo’g’anning zimni ravishda hukum surishiga borib taqalmoqda. Parlamentar tizim Tayyip Erdo’g’an kabi kuchli liderlar bo’lgan davrda muammo bo’lmasligi mumkin. Lekin siyosiy tarixga qaraganda bir partiyaning davomli saylovda g’olib bo’lishi kamdan kam uchragan, bu Tayyib Erdo’g’anning shahxiy muvaffaqiyatidir. Shuning uchun Erdo’g’andan keyingi jarayonni o’ylash kerak.

Kuchdagilar nazaridan qaraganda, faqat o’z tarafdorlarining dastagi bilan saylovlarda qiynalmasdan zafar  qazongan, to’siqlar bo’lmagan Parlamentar tizim yengil kabi tuyulishi mumkin. Muvozanatli barqarorlik o’rnatish uchun, tashqi kuchlarning emas, xalqning qarorining siyosiy kuchga aks etishi, nozuk geografiyada joylashgan Turkiyaning yana oson boshqarish, demokratiya va isloholar kiritish jihatidan siyosiy tizimning o’zgarishi Turkiya uchun bir zaruratdir.

Bu doirada AK Partiya o’zi uchun qiyin lekin to’g’ri qaror berdi. Kiritilgan o’zgarishlar bilan Turkiya siyosatida endi xalq qaror beradi. Millat tasdiqlamagan ichki va tashqi kuchlarning siyosatga aralashishi kamaygandir. Siyosiy tizimdan kelib chiqgan muammolarning ko’pi hal bo’lgandir. Bundan keyingi muammolar tizim bilan bog’liq emas, buni tatbiq etishdan kelib chiqishi mumkin.

Shuning uchun muxolifattan, yangi tizim hanuz to’liq kuchga kirmasdan, sinab ko’rmasdan eski tizimni keltirish g’ayrati emas, yangi tizim bilan aloqali e’htimoliy muammolar va kamchililar haqida ogohlantirishi va yechim ilgari surishi kutilmoqda. Muxolifat partiyalari hanuz farq etib yetmagan bo’lsa ham, yangi tizim o’zgarishlar keltirgandir. Xalqni kamsitgan, davomli unlarning yashash uslubi, kiyinish shakli bilan ovora bo’lgan Partiyalarning hozrigi kunda, xalqga, yomon kunlarni emas, yaxshi umidlar berishining asosiy sababi almashgan siyosiy tizimdir. Almashgan siyosiy tizimning aks sadolarini esa kelgusi dasturimizda muhokama qilishga davom etamiz.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar