Kalin: “24-iyun kungi saylov Turkiyadagi boshqaruv tizimini ham o’zgartiradi”.

Nima bo’lishidan qat’iy nazar 24-iyun kuni oxirgi qarorni ommaviy axborot vositasi yoki manfaat guruhlari emas, o’zining erkin irodasi bilan Turkiyadagi saylovchilar beradi.

Kalin: “24-iyun kungi saylov Turkiyadagi boshqaruv tizimini ham o’zgartiradi”.

Nima bo’lishidan qat’iy nazar 24-iyun kuni oxirgi qarorni ommaviy axborot vositasi yoki manfaat guruhlari emas, o’zining erkin irodasi bilan Turkiyadagi saylovchilar beradi.

Saylov kuni Turkiyadagi saylovchilar yangi Prezident va Parlament a’zolarini aniqlab olish uchun ovoz berishadi. Bu saylov Turkiyadagi boshqaruv tizimini ham o’zgartiradi. Shuning uchun ham siyosiy va iqtisodiy bir necha masalalar keng ko’lamli olaroq qo’lga olinmoqda.

O’tgan yili referendumda tasdiqlangan tizim, unitar boshqaruv tizimini nazarda tutgan prezidentlik tizimi edi. Bu tizim Federal tuzilishiga ega bo’lmaydi, shuning uchun Amerika tizimidan boshqacharoq, ko’proq Fransiya tizimiga o’xshaydi lekin Bosh vazirlik maqomiga o’rin berilmaydi. Bu jihatdan Fransiya tizimidan ham farqli. Yangi tizim qonunchilik, ijro va sud o’rtasidagi kuchni bir-biridan ajratadi. Majlis qonun chiqarib, hukumatni nazorat qiladi. Prezident butunlay kabinani boshqarib, xalq oldida javobgarchilik oladi. Sud tizimi mustaqil va betaraf bo’ladi. Mazkur tizim Turkiyaning barqarorligini zaif koalitsiya hukumatlaridan himoya qilgan bo’ladi.

Prezidentlik uchun nomzodlar ko’p. Ular orasida amaldagi Prezident Rajap Tayyip Erdog’an ham bor va Rajap Tayyip Erdog’an bu kurash yo’lining eng oldingi qatorida, raqiblari orasida katta farq bilan shaxdam qadamlar ila ilgarilamoqda. Bu muqaddas kurashni birinchi bosqichdayoq yutib chiqishiga ishonchim komil. Turk saylovchilarining ko’z oldidagi uzoq yillarga borib taqalgan mashhurligini e’tiborga olgudek bo’lsak Erdog’an, 16 yillik samarali xizmati va muhim ijtimoiy-siyosiy muvaffaqiyatlari bilan eng ishonchli yetakchiligini davom ettirmoqda.  

Bu ishonch Erdog’anning o’tmishdagi qilgan ishlariga, xizmatiga borib taqalmoqda. Eng muhimi Prezident Erdog’an jon talashayotgan turk iqtisodiyotini jonlantirdi, Turkiyaning Yalpi milliy daromadini 3 barobarga ko’tardi, Turkiyani dunyo bozoriga olib chiqdi, onlab yangi universitet va tadqiqot markazi tashkil etdi, harbiy vasiylikni to’xtatdi, kurdlarning, alaviylarning, armyanlarning va o’tmishda bosim ko’rgan va yakkalangan turk xalqidagi boshqa guruhlarning huquqlarini tan oldi. 2007-yildagi yengil harbiy to’ntarish tashabbusi va 2010-yildagi sudning to’ntarilish tashabbusi oldida tik turdi va 2016-yilning 15-iyulidagi Fetullahchi terror tashkilotining to’ntarish tashabbusining oldini oldi.   

Hech kimni yakkalamagan holda xizmat qilishlik va insonlarning kim ekanligini va madaniy urf-odatini tanishlik Erdog’anning siyosiy falsafasining eng asosiy nuqtalaridan biri hisoblanadi. Bu vaziyat o’z aksini yangi saylovoldi kompaniyasida ham ko’rsatmoqda. Huddi mana shu xususiyat Erdog’anni raqiblari orasida ajratib turipdi. Markaziy o’ng qanot siyosiy partiya lideri sifatida tor doiradagi etnik, mintaqaviy yoki mafkuraviy noto’g’ri fikr egalari o’rniga jamiyatning barcha qatlamlariga quchoq ochishni xohlayapdi. Siyosatning haqiqati sifatida hammaning Erdog’anning siyosatidan ko’ngli to’lganligini aytolmaymiz lekin to’g’risini aytganda jozibasi ijtimoiy va siyosiy muhitga yoyilgan vaziyatda.   

Bunga qaramay raqiblari kampaniya strategiyalarini Erdog’anga qarshi olib bormoqda va saylovda g’alabaga erishish uchun Erdog’anning har bir aytgan gapini noto’g’ri baholab, unga qarshi chiqmoqda. Buning o’tmishda bo’lmaganidek 24-iyunda ham foydasi bo’lmaydi. Turk saylovchilari to’g’ri va noto’g’rini ajratishni yaxshi biladi. Muxolafat guruhning arzon siyosiy ballar uchun aql bovar qilmaydigan iddiolarga o’rin berib, yolg’on va’dalar berganini saylovchilar tushunib turipdi. Shuning uchun ham ular uchun bir qadam ham tashlamaypdi.

Huddi mana shu nuqta… G’arb ommaviy axborot vositasining ko’pchiligining, Turkiyadagi deyarli har bir saylovda ko’rmay qo’lgan nuqtasi huddi mana shu nuqtadir. Ular Erdog’anning yaqinda saylovda mag’lubiyatga uchrashiga ishonmoqda lekin Erdog’an g’olib bo’lishlikni davom ettiradi. Ular muxolafat nomzodlarni yangi va alternativ nomzodlar sifatida tanitmoqda lekin Turk xalqining ijtimoiy va siyosiy dinamikasini tushunmayapdi. Deyarli istisnosiz, Turkiya haqidagi yolg’on ma’lumotlarni kitobxonlariga taqdim etib, ularga noto’g’ri yo’l ko’rsatmoqda; shuning uchun ham Turkiyadagi saylovlar haqida notog’ri fikr yuritmoqdalar. Erdog’anning keng ko’lamli olaroq xalq tomonidan qo’llab-quvvatlanishi doxil asosiy ko’z qarashlarini ham e’tiborga olmagan holda, marginal ovozlarni asosiy oqim sifatida taqdim etmoqda. Bu jurnalistlik kasbiga ziyon bermoqda.   

Erdog’anga qarshi har qanday narsani yaxshi va maqul sifatida taqdim etishlik, aslida jurnalistlik kasbiga to’g’ri kelmaydi. Buni siyosiy harakat deydilar. Erdog’an bunday qoralash kampaniyalariga o’rganib qolganligi uchun o’tmishda bo’lganidek bugungi kunda ham osonlikcha bularning uddasidan chiqa olyapdi. Ba’zi tahlilchilar Erdog’anning kuchli yetakchilik uslubi va siyosiy ustunligini “avtoritarizm” deb e’lon qilayotgan bo’lishi mumkin; lekin bu arzon propaganda uslubi ham hech qanday foyda bermayapdi chunki oddiy fuqarolar Erdog’anning o’zlari uchun nimalar qilganligini judayam yaxshi biladilar.   

Yaqinda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga alohida e’tibor bergan g’arblik jurnalistlarning, Erdog’anning “xalq bog’lari” deb nomlangan va 30 dona o’rta, 5 dona yirik shahar parkini qurish haqidagi va’dalariga qanday munosabatda bo’lishini katta qiziqish bilan kutyapman. Shu bilan birga Erdog’an, bu yilning oxirlarida xizmatga topshiriladigan yangi aeroport tamomlanganidan keyin avvalgi faolligini yo’qotadigan Istanbuldagi Ataturk nomidagi aeroportini ham bir shahar parkiga aylantirish haqida va’da bergan. 11.7 kvadrat kilometrlik maydonda tashkil etiladigan mazkur yangi park, Nyu-Yorkdagi Central Parkdan uch barobarga va Londondagi Hyde Parkdan sakkiz barobarga katta bo’ladi. Bu hech shubhasiz Turkiya tarihidagi eng yirik yashil loyihadir. Har ehtimolga qarshi g’arb ommaviy axborot vositasi bu vaziyatni noto’g’ri tushunib, ko’rmaslikka oladi va biz bundan keyingi to’rt hafta mobaynida siyosatchilarning jurnalistika kasbi qiyofasi ostida nimalar qilishi mumkinligini tomosha qilamiz.   

Go’yo Turkiya bo’yicha mutahassis bo’lgan jurnalistlari Erdog’anni tanqid qilib, uning raqiblarini oldingi o’ringa chiqaradi. Mayligayu lekin buni sal bo’lsa ham ishonch bilan, to’g’rilik bilan qilish kerak emasmi? Turkiya iqtisodiyoti haqida qiyomat qayim tsenariylari yozishlik, PKK terror tashkiloti a'zolarini olqishlashlik, FETOning Gulanchilarini yana-da mehribon ko’rsatishlik va Erdog’anning eng asosiy dushmanlarining asossiz iddiolariga o’rin berishlik, Turkiyadagi saylovchilarning 24-iyun kuni Erdog’anga ovoz berishiga monelik qilmaydi.  Faqatgina g’arb ommaviy axborot vositasidagi jurnalistchilik va siyosiy fikrning qanchalik zaif eknaligini ko’rsatadi.   

24-iyun kungi saylovlar faqatgina Turkiya uchun emas ayni vaqtda Yaqin Sharq, Yevropa va AQSh uchun ham Turkiyaning siyosiy barqarorligi, iqtisodiy o’sishi va keng ko’lamli olaroq xavfsizligini ta’minlash jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Muhim NATO a’zosi sifatida Turkiyaning kuchi ayni vaqtda ittifoqdoshlarining ham kuchi hisoblanadi. Lekin Turkiya duch kelgan xavflar, NATO ittifoqdoshlari tomonidan ham xavf olaroq baholanishi kerak.  

Nima bo’lishidan qat’iy nazar 24-iyun kuni oxirgi qarorni ommaviy axborot vositasi yoki manfaat guruhlari emas, o’zining erkin irodasi bilan Turkiyadagi saylovchilar beradi.

 



Aloqador xabarlar