Kun tahlili 13- qism

Turkiyaning Zayton novdasi harbiy operatsiyasi natiasida Afrin xalqi uylariga qaytishga boashladi.

Kun tahlili 13- qism

 

Zaytun novdasi harbiy operatsiyasi doirasida Afrin shahar markazida va Afrin tumani teroristlardan tozalangandan keyin tinch aholi uylariga qaytishga bosghladi. Afrin hududida PKK/YPG zulmidan Turkiyaga qochib kelgan Suriyalik Kurtlarning ham uylarida qaytishi uchun yo’lga chiqgani kuzatilmoqda. Dunyo ommaviy jamoatchiligi Suriyalik ko’chmanchilar masalasini tez tez muhoma qilib turar ekan, Turkiyaning Suriya bilan aloqali izlagan siyosati Suriyaliklarning uylariga qaytishini ta'minlashdir.

 

Siyosat Bilmlari va Ommaviy Tadqiqot Fondidan Yuzuvchi Jan Aycunning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga taqdim etamiz.

 

                     Firot Qolqoni harbiy operatsiyasi natijasida terrordan ozod bo’lgan hududlarga Turkiya tarqatgan gumanitar yordamlar, infratuzilma faoliyatlari, erkinlik va xavfsiz hudud soyasida Turkiyada bo’lgan Suriyalik emigrantlarning vatanlariga qaytish jarayoni boshlagani kuzatilmoqda. Turkiya Suriyada bir tomonda terrorga qarshi kurashar ekan, boshqa tomonda tinch aholi uchun xavfsiz hududlar tashkil etmoqda. Firoq Qolqoni operatsiyasi natijasida ozod bo’lgan hududlarga xorijdan deyarli 200 mingga yaqin inson uyiga qaytgani bildirilmoqda. Shuningdek Suriyadan tashqarida boshqa hudutlardan minglab tinch aholi shimoliy Halapga kelib Firot Qolqoni operatsiyasi natijasida qutqarilgan hududlarga joylashishga boshlagani kuzatilmoqda.

 

Asad rejimi Damashk va atrofida qurshovga olgan hududlarda yashagan xalq Turkiya teroristlardan tozlagan shimoliy Halap hududiga kelgandir. Qolversa Suriyaning farqli hududlarida sodir bo’lgan zulmdan qochgan tinch aholining ham Firoq Qolqoni operatsiyasi bilan xavfsiz hududlarga borgani ham bilinmoqda. Turkiya Suriyada amalga oshirgan operatsiyalar bilan faqat o’z milliy xavfsizligini ta’minlash bilan qolmaydi. Ayni paytda Suriya uchun yangi bir xavsiz hudud yaratmoqda. Misol AQShning PKK/YPG jangarilariga qarshi Tabka, Rakka va Deyr ez-Zordagi  harbiy operatsiyalar chog’ida ko’chish majburiyatida qolgan yohud PKK/YPG tomonidan ko’chishga majrublangan insonlarning oqraga qaytib yangidan hayot boshlatgani bildirilmoqda.

            AQShning so’zda terrorga qarshi kurash bohonasi bilan Suriyada PKK/YPGga muhit yaratgan joylarga insonlarning qaytib kelishi, hattoki o’lkadan chiqgan emigrantlarning ham kelishi bahs mavzusi emas. AQShning PKK/YPG nazoratiga o’tgan hudud Firoq Qolqoni operatsiyasi o’tkazilgan hududlarning bepoyon bo’lishiga qaramasdan, insonlar hududga qaytish o’rniga chet elga yoki shimoliy Halabga tomon harakat qilmoqda.

Xuddi shunday Asad rejimi bilan Rossiya qatliomlar sodir etib qo’lga kiritgan Humus, Zabadani, Darayya yohud Halab kabi katta shaharlar hanuz bir xayolat misoli turibti.

                      Suriyada tinch aholi qaytgan joylar faqat Firoq Qolqoni operatsiyasi natijasida ozod qilingan hududlardir. Zaytun novdasi operatsiyasi natijasida qutqarilgan Afrin hududi ham tinch aholi va emigrantlar xavfsiz qaytadigan maydonlar bo’ladi. Firoq Qolqoni operatsiyasi bilan qutqarilgan hududlarda Tel Rifat va atrofidan PKK/YPG zulmiga uchragan yuz minglab inson yashamoqda. Uylariga qaytishni istagan xalq Turkiya va Erkin Suriya qo’shini Tel Rifat va atrofini terroristlardan tozalab insonlarning uylariga qaytishlari uchun kerakli qadamlarni tashlamoqda.

                Misol, Germaniyada Suriyali ko’chmanchilar mavzusidagi tortishuvlar asosiy kun tartibini tashkil etadi. Asosan radikal partiya AFD Suriyalik emigrantlarning Germaniyada qolishini istamaydi. AFD bu mavzuda Suriyaga hay’at yuborib Asad rejimi bilan emigrantlarni majburiy ravishda rejim nazoratidagi hududlarga qaytishi uchun uchrashuvlar o’tkazgandir. Lekin Nemis ommaviy jamoatchiligi bu fikrni qabul qilmagan va emigrantlarni Asad rejimi nazoratidagi hududlarda unlar uchun xavflar bo’lganini bildirgandir. Asad rejimning Suriyalik emigrantlarni xoin sifatida ko’rishi, iskanja va bosim bilan boshqarishi bu tushunchalarning insoniy qadriyatlarga zid bo’lganini ko’rsatmoqda.

 

Turkiya terrordan tozalangan hududlarga aholining qaytishi uchun xavfsizlikni ta’minlashi natijasida har ko’ngilli uyiga qaytmoqda. Xuddi shunday Iroqda ham PKKni bartaraf qilish borasida Sinjarda o’tkaziladigan harbiy operatsiya natijasida insonlarning uylariga qaytishi mumkin. Sinjar hududi DEASh tomonidan hujumga uchragandan keyin Yezidilarning ko’pi DEAShdan qochib qurtulgan. Biroq hudud DEAShdan tozlanaganiga qaramasdan, Yezidilarning 80% holigacha Sinjardan tashqaridagi lagerlarda yashamoqda. Turkiya Iroq markaziy hukumati bilan birga Sinjarni terroristlardan tozalagan taqdirda, Yezidilarning katta bo’limi uylariga qayta oladi.

Turkiya olib borgan harbiy operatsiyalar bilan u yerlarda xavfsizlik o’rnatish tarafdori bo’lganini ispotlamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: kun tahlili

Aloqador xabarlar