Umumbashariy nuqtai nazar 9-qism

28 Fevral: sovuq urush vasoyatining so'ngi zarbasi.

Umumbashariy nuqtai nazar 9-qism

 

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalari bilan tanishtiramiz.

 

28-Fevral:  Sovuq Urush davrining vasiylari

Ropa-rosa 21 yil avval 1997-yil 28-fevral kuni Turkiya yaqin tarixidagi muhim harbiy to’ntaruvlardan birini boshidan o’tkazdi.

Turkiyada harbiy to’ntaruvlar yohud tashabbuslari vaqti vaqti bilan bo’lib turgan. Harbiy to’ntaruvlarning o’tmishiga nazar solganda, tahminan har 10 yilda bir bu kabi tashabbuslar bo’lib turgani kuzatilmoqda. 1966, 1971, 1980, 1997 (28 fevral), 2007 (27 aprel), 2016 (15 Iyul) 1997-yili esa, so’ngi to’ntaruvning 1980-yili bo’lganini o’ylasak, kechikkanini ham aytish mumkin. Biroq general Evrenning hukumatdan ketishining 8 yili inobatga olinganda bu vaziyanti yaxshi tushunsa bo’ladi.

 

Nima uchun Turkiya har 10 yilda bir harbiy to’ntaruvga uchramoqda?

Tuurkiya kabi buyuk davlatni, global aktyorlar o’z holiga qo’ymaydi. O’z holiga qo’yganda, bu davlatlarning nimalarga qodir bo’lganini yaxshi biladilar. Buni Germaniyadan bilamiz. Ikki marta global tizimga o’zgarish kiritishga tashabbus etgan va boy bergan Germaniyaga, konstitutsiyasini qo'yishga majburlangan, qo’shini va qurolli kuchi cheklangandir.

Turkiyada bir harbiy to’ntaruv natijasida o’ldirilgan sobiq Bosh vazir Adnan Menderesning yillari bu o’lkaning salohiyati o’zgacha bo’lgan. Shuning uchun 1961-yilgi Konstitutsiya bilan saylanganlarni vasiylar idora etgan bir boshqaruv vujuga kelgandir. Har 10 yilda bir uyushtirilgan to’ntaruvlarning asosiy sababi Turk millatini nazorat qilish tashabbusi bo’lgandir. Turkiya kabi davlatlarda uyushtirilgan to’ntaruvlar, faqat ichki masala emas. Amerika razvetkasining sobiq rabarlaridan James Woolsey, AQShdagi saylovlarda  Rossiyaning aralashgani bilan bog’liq tergovni olib borgan Prokuror Robert Muellerning, AQShning ham boshqa mamlakatlardagi saylovlarga aralashganini e’tirof etganini bildirdi. Qolaversa Turiyadagi 1980 to’ntaruvidan keyin, AQSh Milliy xavfsizlik kengashi maslahatchisi Maul Henze, u davr AQSh Prezidenti Jimy Karterga” Bizning bolalar bajardi” degan edi.

 

1990-yili Turkiyada, o’ldirilgan rahmatli Turgut O’zel Prezident bo’lgan yillar kerak bo’lsa iqtisodiy jihatdan kerak bo’lsa ideologik erkinlik jihatidan katta o’zgarishlar amalga oshirilgandir.  Keyinchalik Refah Yo’l Partiyasi hokimiyatga kelganda rahmatli Nejmettin Erbakan Bosh vazirlik qilganda iqtisodiyotning jadal rivojlangani kuzatilgan. Jarayon bu shaklda davom etgan bo’lsaydi, Turkiya vasiylikdan chiqib, o’z yo’lini chizgan bo’lar edi.

 

28 –Fevral  Jarayoni

Bu jarayon, 28 Fevral kuni tankalar, Anqaraning Sinjan tumanidan shahar markaziga tomon harakat qilishi bilan boshlagan edi. Ammo siz o’tmishida, majlislarini tankalar bosib olgan, Bosh vazirlari, vazirlari o’ldirilgan bir mamlakatda yashayotgan bo’lsangiz,  zehningiz bir tankani tushunganda ko’p narsa o’ylab chiqarar edi. Jarayon bu shaklda davom etadi. Milliy  xavfsizlik kengashida, u kunlar tinch aholi bilan teng sonda bo’lgan askarlarni majburlash natijasida hukumatga bir faoliyat rejasi berilgandir. Askarlarning niyati maydonga chiqgach, deyarli butun millat marjon kabi tizildi. O’lka go’yoki oldindan to’ntaruvga tayyorlangan kabi bir jarayonga kirdi. Prokurorlar, amaldorlar,  nodavlat  tashkilotlar qanday “o’tginchi tahdit” ostida bo’lganimizni tushunib yetib Bosh shtab boshqarmasi berifing berishga boshlagan edi.

 

Natijalari…

Albatta bu jarayon u yerda bitmadi, davlatlarning hukumat, muvozanatsiz koalitsiya yillari, qo’lga olinganlar, ishdan chiqarilgan insonlar, o’limlar, xudkushlik hujumlari, yoshligi va umidlari o’girlangan bir nasl bo’ldi.

Turkiya, asosiy haq va erkinliklar jihatidan qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni boy bergan, harbiy rejim davriga qaytgandir.

2002- yili bo’lgani kabi iqtisodiyoti cho’kka bir Turkiya davlati…

Koorruptsiya, o’g’irlik va talonchilik avjiga ko’tarilgan bir davr…

 

Undan keyingi jarayon…

28- Fevral kuni, Turkiyani nazorat ostiga olmoqchi bo’lganlar tashqi kuchlar tomonidan amalga oshirilgan sovuq urush vasiylariga so’ngi zarba edi. Jamoatchilik va qadriyatlariga tashqaridan qaragan vazir, u bilan urushgan milliyatchi sovuq urush vasiylari soyasida Turkiyani osonlik bilan nazorat qilishi kuzatilgandir. Globalizatsiya va texnologiya davri, mavjud ko’chilik, ko’p madaniyatlilik, o’ziga ko’ra demokratiya tajribasi tufayli, Turkiyani endi bu kabi kuchlar nazorat qila olmaydı.

Mana orqaga burilib qaraganda, 28- Fevral kuni suvoq urushning boshlanishi emas, lekin millatimizning qadriyatlariga mos bo’lgan yangi bir tizim vujudga keltirganini aytish mumkin. Chunki u kundan beri FETO sifatida bilingan barcha insonlar va diniy guruhlar deyarli bartaraf qilindi. Umuman nazar solganda, 28-Fevral, 15-Iyul maydonlar tozalangandir. Demokratik va noharbiy unsurlar bartaraf qilinib, vujudga keltirilishi mo’ljallangan vasiylar uchun, FETO terror tashkiloti uchun maydon yaratilgandir.

Hozirgi kundagi hisobda bo’lmagan ikki unsur rejalarni tezkarisiga aylantirdi. Prezident Rejep Tayyib Erdo’g’anning rahnamoligi va Millatning lideri bilan jonini o’rtaga qo’ygan tarixiy 15-Iyul kuni 250 nafar shahid bo’lgan va 2000 dan oshiq kishi tan jarohati olgan. Lekin, vatanimiz, istiqbolimiz va e’tirobimizni saqlab qoldik. Millatimiz to’ntaruv tashabbusini birga qanday ziddiga aylantirilishini dunyoga o’rgatdi.

28 Fevral harbiy to’ntaruvi

Global aktyorlar uchun hukumronlikning nimaga tayangani emas, o’zi muhim bo’lgan. Shuning uchun global kuchlar boshqa mamlakatlarda demokratiya yoki inson huquqlarini emas, o’z manfaatlariga mos yo’l izlashlarini hech qachon yoddan chiqarmaslik kerak. Global kuchlar uchun, bu salohiyatning harbiy, diniy, dunyoviy yoki milliy bir rasmiyatining farqi yo’q.

Hukumronlik qilish sistemasiga qarshi, tizimga har tomonlama xalqni qo’shish kerak. Millatt va siyosatdan yiroq bo’lgan, adolatga, yuqori daraja byorakratiyaga, akademiyaga oid sohalarga millatning qo’shilishi vasiylarni cheklash nuqtai nazarida muhim omillardan biri.

Nazoratsiz bir xavfsizlik tizimi mana bu vasiylikning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Shuning uchun, xavfisizlik byurokratiyasining demokratik kuzatuvi, nazorati va boshqaruvi muhim. Og’ir badallar to’lagan Turkiyaning bu tajribasi, mustaqil, hur va boshi osmonga ko’tarilgan shaklda yashashni istagan millatlar uchun yo’l boshlovchi xususiyatida.

 

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini taqdime ttik.


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar