• Video galereya

Umumbashariy nuqtai nazar 4-qism

Suriya: Odamzod uchun lakmus qog'ozi

Umumbashariy nuqtai nazar 4-qism

Prof. Dr. Kudret Bulbul

Ayrim davrlarda ro’y bergan tragediyalarning og’ir natijalaridan saboq olinishi kerak. Koshki bunlar bo’lmasa yana yaxshi bo’lar edi. Bu aslida bizlar uchun haqiqiy dars bo’lgan Suriya masalasiga tegishli desak mubolag’a bo’lmaydi. Arab Bahodi, boshqa jamiyatlar misoli Suriyaga ham chuqur ta’sir qilgan. Suriya xalqi, yillardan keyin bosim tatbiq etgan bir rejimga bosh ko’tarishga boshlagan bir damda, ular ko’rgan muomala esa talablarining inobatga olinishi emas, aksincha diktator tizimining tazyiqli bosimi bo’lgan.

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalari bilan tanishtiramiz.

 

Yevropa Ittifoqida qadriyatlarning yuqolishi…

Eronning harbiy kuchi bilan jangga aralashishi, Rossiyaning Asad rejimini qo’llab-quvvatlashi va G’arb davlatlari yechim topmagani uchun minglab inson hayotini yuqotgan yohut qat etilgandir. Millionlab inson vatanidan judo bo’lgan. YI davlatlari esa emigrantlar eshiklariga kelganga qadar Suriya masalasiga e’tibor ham bermagan edi. Emigrantlar chegara darvozalariga borgandan keyin, G’arb izlagan uslub esa insonlikka hech yarashmagan bo’ldi. Avvalroq, ko’pchilik birga yashagan, inson haqlari, teng huquq, erkinlik, yashash haqqi kabi mavzularda boshqalarini tanqid qilgan YI davlatlarining aksariyati,  ushbu sinovdan o’ta olmadi. YI davlatlarining yagona qayg’usi ko’chmanchilarning o’lkalariga kelishini oldini olish bo’ldi. Mana bunga misol jonsiz tanasi qirg’oqdan topilgan Aylin ham kimsasiz, nochor bir go’dak emas, aslida YI qadriyatlarini ko’rsatayotgan edi.

Turkiya, Yevropa demokratiyasiga hissa qo’shgan bir davlat…

Emigrantlar mavzusida, Livan va Turkiyaning YI kabi ko’chmanchilarga eshiklarini yopganini bir tasavvur etib ko’ring. Unda iloji qolmagan millionlab kishi YI tomonga intilar edi. Zotan YIga borgan ozgina emigrantning ham insonlikka yarashmagan muomalaga duch bo’lgani, natsizm va fashizmning kuchayib borgani nazarga olinganda, Yevropada insonlik va qadriyatlarning yoq bo’lib bo’rgani ko’rinmoqda.

Turkiyaning 3,5 million emigrantga mezbonlik qilganini va Suriya mavzusida mo’tadil siyosat olib borganini qayta-qayta  aytishiga qaramasdan, G’arbda esa o’ta milliyatchi partiyalarga qiziqish ko’rsatilmoqda. Turkiyada bir viloyatda joylashtirilgan emigrant soni bir YI davlatida qabul qilingandan ham ko’p sonda. Bir YI davlatining 130 ko’chmanchini qabul qilish imkoni bo’lganini aytganida u davr Kilis viloyati hokimiyat rahbari quyidagicha javob bergan edi: “U davlat tashvishga kirmasin, men bu qadar kishini uyimga ham mehmon qila olaman” shaklida.

Yevropa davlatlari emigrantlarni chetlash, islomga qarshi siyosat izlash uchun go’yoki bellashmoqda. Avstriyada “0 emigrant” bo’ladi deb va’da qilgan bir partiya birinchi o’rinni olgan. Ayrim davlatlarda natsist va fashist partiyalar koalitsiya tashkil etmoqda. O’ta miliyatchilar avj olmasin degan partiylar hattoki radikal yo’l izlashga boshladi. Shubxasiz bu ahvol Yevropada taranglik, insonlik uchun esa xavf yaratmoqda. Hozirgi kunda Yevropada o’ta milliyatchilikni da’vo qilgan partiyalar yutqazib kelmoqda, bu nuqtai nazardan Turkiya va mintaqa davlatlarining g’ayrat ko’rsatishining alohida ahamiyati bor. Eron va Ko’rfaz davlatlariga emigrantlarning nima uchun bormagani esa alohida bir masala.

Zaytun novdasi harbiy operatsiyasiga qarshi propaganda…

Mavjud vaziyat, Deashning mag’lub etilganiga qaramasdan, global kuchlarning Suriya masalasiga yechim topish o’rniga qizishtirgani ko’zga tashlanmoqda. Bu faqat Suriyaga xos emas. Afg’oniston, Iroq, Liviyada  “Xalqaro koalitsiya aralashgan hech qay bir davlatda tinchlik o’rnatilmagan. Tezkarisiga o’lim, ko’z yoshi va ko’chishlar oqibatida bu davlatlar yashanmas holga kelgandir. Mana Shuning uchun bunga o’xshash inqirozlarni avvalambor, yechishning yo’li, xalqaro koalitsiya o’rniga mahalliy koalitsiyadan o’tadi.

Deash mag’lub etilib ichki izoh to’xtatilganiga qaramasdan, AQShning YPD/PYDni qurol bilan ta’minlashga davom etishi, YPGni bir “chegara kuchiga aylantirish borasidagi izohlarlari Turkiya va mintaqa davlatlarining norozichilik ko’rsatishiga olib kelgandir. PKK va PYD Turkiya va mintaqada insonlarni qatl etgan jinoiy bir uyushmadir. Ladinning Al Qoidasi, AQShga chegaradosh bir davlatda “chegara kuchi” vujudga keltirishni istasa  AQSh bunga qanday qaragan bo’lar edi, PYDni qurollantirib “chegara kuchi” deb aytishi ham Turkiya jihatidan xuddi shunday tushunish kerak.

Turkiya o’zini mudofaa etish, mintaqada farovonlik o’rnatish va insonlarni bu tashkilotning anjasidan qutqarish va o’ziga qarshi vujudga kelayotgan tashkilotlanishni oldini olish maqsadi bilan “Zaytun novdasi” harbiy operatsiyasini boshlatgandir. Turkiyaning bu harakati ayrimlari tomonidan mubolag’a qilib ko’rsatilmoqda. “Zaytun novdasi” operatsiyasining eng muhim tomoni Suriyaning tuproq yaxlitligidir. Chunki AQSh qo’llab-quvvatlagan PYD/YPG Iroqdan O’rtayer dengizigacha bo’lgan hududda, bosqichma bosqich ilg’or qadamlar  bilan Suriyani parchalagan holda ildamlamoqda.

Turkiyaning harbiy operatsiyalari, go’yoki kurtlarga qarshi uyushtrilayotgan kabi ko’rsatilmoqda. Usame Bin Ladinga qarshi o’tkazilgan operatsiya Arablarga qarshi emas, terroristlarga qarshi bo’lgan, Turkiyaning maqsadi ham xuddi shunday. Terror tashkilotining mintaqada o’ziga muhit yaratishini oldini olishdir. Turkiya va mintaqada sodir bo’lgan o’zgarishlar PKKning Suriyadagi bo’limi PYD/YPGning hujumlarini qo’llab-quvvatlamagan kurtlarga nimalar qilganini yaxshi bilamiz.

PYD/YPGni dastaklamagan Kurt, Arab, Turkman va boshqa millatlarga qarshi etnik qirg’in o’tkazmoqda. Bunlardan qochgan millionlab inson Turkiya va boshqa davlatlarda bosh pana izlamoqda. Mana bu borada beriladigan savol AQSh himoya qilgan terror tashkilotining nima uchun mahalliy xalqning uyiga qaytishiga ruxsat bermaganidir? Turkiya uyushtirgan operatsiyaning maqsadi hammaning o’z uyiga qaytishiga imkoniyat yaratishdir. Har doim bo’lgani kabi bu jang ham bir kun nihoyasiga yetadi, istiqbolga qaysi qadriyatlar muhofaza etilishi esa muhim.

Poytaxt Anqarada joylashgan Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar