Jahon iqtisodiyoti 43-qism

Yevropada chop etilgan bir hisobotda Turkiyada energetika sohasida hamkorlik olib borish qayd etilmoqda.

Jahon iqtisodiyoti  43-qism

Yevropada faoliyat yuritgan fikr tashkiloti Bruegel “Yevropa Ittifoqi bilan Turkiyaning energetika sohasida hamkorlik qilish uchun yangi bir strategiyasi” nomli hisobot chop etdi. Hisobotda mavzuga doir sarlavhalar va tarkibiga ko’ra Turkiya-Yevropa Ittifoqini yangi bir bosqichga ko’tarishda ahamiyat kasp etgan qarorlar bilan hamkorlik izlashga diqat qaratmoqda. Turkiyaning Yevropa bilan birga dunyodagi eng boy tabiiy gaz zaxiralari joy olgan Yaqin sharq va Kaspiy Dengizi hududidagi strategik vaziyatiga to’xtalib o’tgan hisobotda YI.ning energiya va tabiiy gaz uchun xavfsizlikni o’rnatish jihatidan Turkiyaning alohida ahamiyati bo’lgani qayd etilmoqda.

Bilingani kabi Turkiya geografik nuqtai nazardan o’z hududida strategik amaliyatga ega bir davlat. Dunyoning eng ulkan energiya bozorlaridan biri bo’lgan Yevropaga yaqinligi ham Turkiyaning tabiiy gaz tijoratida ahamiyatini yana ham yuqoriga ko’tarmoqda. So’ngi yillar TANAP va Turk Oqimi loyihalarini hayotga tatbiq etish fursati yaratilar ekan, boshqa tomonda Turkiya kabi muvozanatli rivojlangan xavfsiz bir davlat bilan hamkorlik olib borish imkoni bermoqda.

Sharq va G’arb yo’nalishida gaz yetkazadigan TANAP va Turk Oqimi loyihalari Turkiya ustidan Yevropaga berilgan gaz hajmini orttiradi. Hisobotda ushbu gaz hajmining ortishi bilan aloqali Turkiyadan o’tgan gaz miqdorining tabiiy gaz talabining 0,15 % teng kelgani bildirilgan. TANAP va Turk Oqimi loyihalari to’laqonli xizmatga o’tganda buning 2,48 % ko’tarilishi ifoda etilmoqda. Bundan shuni anglash mumkinki, tabiiy gaz yetkazadigan TANAP va Turk Oqimi loyihasi Turkiya ustidan Yevropaga yetkazilgan gaz hajmini orttiradi.

Hisobotda diqat tortgan bir boshqa mavzu Turkiya bilan Yevropa Ittifoqining qayta ishlab chiqarilgan energiya va unumli energiya uchun ta’minlangan hamkorlikning, tabiiy gaz va elektrik energiyasi sektoridagi kabi rivojlanmaganidir. O’zaro hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan loyihalar mavjud. Turkiyada qayta ishlab chiqarilgan energiya sohasida katta miqdorlarda sarmoya kiritgan Yevropa Investitsiya Banki, Yevropa Komissiyasi va Yevropa Rivojlanish va Taraqiyot banki kabi tashkilotlarning moliyaviy dastak berish imkoni katta ko’rinmoqda.

Vodorod, geotermal va quyosh energiyasi jihatindan boy bo’lgan Turkiya esa qayta ishlab chiqarilgan energiya siyosati izlash borasida belgilagan  yo'lda Qayta Ishlab chiqarilgan Energiya Maydoni (YEKA) dunyoda eng muvaffaqiyatli ravishda hayotga tatbiq etmoqda. Qayta ishlab chiqarilgan energiyadan to’laqonli foydalanish mavzusida qat’iy bo’lgan Turkiyada, YEKA doirasida Mart oyi mamlakatda ulkan quyosh Energiya Stansiyasi qurish mavzusida tender o’tkazib Avgust oyi esa Shamol Ishlab chiqargan Energiya Stansiyasi qurilgan edi.

Turkiyada qayta ishlab chiqarilgan energiya sohasida investitsiya kiritishga katta qiziqish ko’rsatilmoqda. Asosan Yevropalik investitorlarning Turkiyaga sarmoya kiritish uchun havas qilgani Shamol Energiyasi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirgan Germaniya hamkorligidagi konsorsiumdan ham ko’rihs mumkin. Bu nuqtai nazardan YEKA strategiyasining YI va Turiyaning qayta ishlab chiqarilgan energiya sohasida birlashtirgan nuqtada bo’lganini aytish mubolag’a bo’lmaydi.

Hisobotda qayd etilgan bir boshqa mavzu esa YIning yadro energiyasi bilan aloqali hissa qo’shishi ham muhokama qilingandir. Turkiyada kelgusi yil qurilishi boshlanadigan Akkuyu yadro stansiyasi va Sinopda qurilishi mo’ljallangan atom stansiyasi bu sohada muhim loyihalardan ayrimlari. Mana shuning uchun mavjud reja va loyihalar Turkiya bilan YI o’rtasidagi energiya hamkorligini yangi dialogni boshqa sohalarda rivojlantiradi va boyitadigan kuchga ega bo’lganini aytish mumkin.

Turkiya dunyoda eng ko’p energiya e’htiyoji bo’lgan Yevropa Ittifoqi o’rtasida energiya sohasida tashlanadigan qadamlar ham hamkorlikni kuchlantiradi ham Turkiyani energiya markaziga aylantiradi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar