O'zbekistondan xabarlar 22-qism

25 oktyabr kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Oliy sudlari raislarining o`n ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

O'zbekistondan  xabarlar 22-qism

25 oktyabr kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Oliy sudlari raislarining o`n ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston, O`zbekiston, Xitoy, Pokiston, Hindiston Oliy sudlari raislari, shuningdek, tashkilot Bosh kotibi o`rinbosari Sabir Imandosov va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo`mitasi direktori o`rinbosari Mukashev ishtirok etdi.

Tadbirda tashkilotga a`zo davlatlar Oliy sudlari raislarining qonun ustuvorligi, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash hamda ushbu sohada tajriba almashish borasidagi hamkorligini yanada faollashtirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.

Xususan, investitsiyalarni himoya qilishning institutsional mexanizmlari, bu sohadagi nizolarni hal etishga qaratilgan qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish masalasi atroflicha muhokama etildi.

Bundan tashqari, tashkilotga a`zo davlatlar Oliy sudlari raislarining jinoiy va fuqarolik ishlari bo`yicha huquqiy yordam ko`rsatish samaradorligini oshirishga kelishib olindi.

Majlisda yoshlarni terroristik va ekstremistik guruhlarga jalb etish urinishlariga qarshi kurashish amaliyoti to`g`risidagi masala ham muhokama qilindi.

Jig`ilish yakunlari bo`yicha tashkilotga a`zo davlatlar sud hokimiyati oliy organlari hamkorligi istiqbollari to`g`risida Qo`shma bayonot imzolandi.

        

Toshkentda Xalqaro paxta va to`qimachilik yarmarkasi bo`lib o`tdi.

23-27 oktyabr kunlari Toshkent shaxrida 13- Xalqaro paxta yarmarkasi bo'lib o'tdi. Unda dunyoning 44 davlatidan 1500 dan ziyod mutaxassis va firma vakillari ishtirok etdi.

Yarmarka doirasida turli mamlakat mutaxassislari paxta savdosi, logistika va sug`urtalash masalalari borasida fikr almashdi.

Paxta yarmarkasi doirasida bo'lib o'tgan tematik sessiyalarda turli mamlakat mutaxassislari paxta va to`qimachilik sanoati rivojlanishi, jahon paxta bozoridagi tendentsiyalar, paxta savdosi, logistika va sug`urtalash masalalarini ko'rib chiqdi.

Undan tashqari mutaxassislar paxta etishtirishda eng yangi texnologiyalar, genetika va biotexnilogiya muammolari, yangi sortlarni selektsiya qilish, zararkunanda hashorotlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.

Forum doirasida qator taqdimotlar ham o`tkazildi.

Yarmarkada "O`zbekengilsanoat" aktsiyadorlik jamiyati qoshidagi dizayn markazi modalar ko`rgazmasini o`tkazdi.

Xalqaro paxta va to`qimachilik mahsulotlari yarmarkasi davomida O`zbekiston tayyor va yarim tayyor to`qimachilik mahsulotlar eksportiga oid Rossiya, Turkiya, janubiy Koreya, Singapur va Moldova kompaniyalari bilan 1 milliard dollardan ziyod miqdordagi shartnomalar imzoladi.

Malumki, o`tgan yili bo`lib o`tgan xalqaro paxta yarmarkasi doirasida O`zbekiston 1 milliard 320 million dollarlik shartnomalar imzolagan edi.

 

O'zbekiston Turkiya fuqarolari uchun kirish vizasi olishni osonlashtirdi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 oktyabr kuni "Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza olish jarayonini osonlashtirish to`g`risidagi" qarorni imzoladi.

Bu xaqida O'zbekiston Turizmni Rivojlantirish Davlat qo`mitasi xabar qildi.

Bundan buyon O`zbekistonga bir yilgacha muddatga kelayotgan Turkiya fuqarolariga ko`p martali vizalar uch kun ichida rasmiylashtiriladi.

Shu bilan birga, O`zbekistondan jimoniy yoki yuridik shaxsdan taklifnoma yuborish talabi bekor qilindi.

O`zbekistonga bir oygacha muddatga, sayyohlik maqsadida kelayotgan Turkiya fuqarolari ham uch kun ichida viza olishlari mumkin bo`ladi. Bunda turistik vaucher va taklifnoma talab qilinmaydi.

Hujjatda aytilishcha, mazkur qaror, O`zbekiston va Turkiya orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

 

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O`zbekistondagi loyihalar uchun 110 millon dollar kredit ajratdi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki direktorlar kengashi O`zbekistondagi loyihalar uchun umumiy qiymati 110 million dollarlik ikkita kredit ajratilishini bir ovozdan ma`qulladi.

Bunga asosan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O`zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki uchun 100 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Umumiy summaning 70 million dollari kichik va o`rta biznes loyihalarini moliyalashtirishga, 30 million dollari savdoni moliyalashtirishga yo`naltiriladi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki shuningdek, sharbatlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Agromir kompaniyasiga 10 million dollar kredit ajratdi. Ushbu mablag` Samarqand viloyatida firma uchun zamonaviy ombor majmuasi qurishga yo`naltiriladi.

Shu yilning mart oyida O`zbekistonga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurgan edi.

O`zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi ma`lumotlariga ko'ra, transport va kommunal infrastruktura, bank va kichik biznes sohasida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda 1,5 milliard dollarlik loyihalar ishlab chiqilmoqda.

O`zbekiston 1992 yil aprelida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a`zo bo`lgan, 1993 yil mayida Toshkentda bankning vakolatxonasi ochilgan edi. Bank ma`lumotlariga qaraganda, o`tgan davr mobaynida O`zbekiston hukumati va xususiy kompaniyalarga 54 loyiha uchun 899 million evro miqdorida kredit taqdim etgan.

 


Tanlangan kalimalar: Aloqalar , O'zbekiston , Turkiya

Aloqador xabarlar