Jahon iqtisodiyoti 40-qism

Turkiyaning 2018-2020 yilgi o'r a muddat rivojlanish dasturi ma'lum bo'ldi.

Jahon iqtisodiyoti  40-qism

Turkiya iqtisodiyotining uch yillik programmasini o’z ichiga olgan 2018-2020 O’rta Muddatli Dasturi ma’lum bo’ldi. Dastur doirasida iqtisodiy rivojlanish, ish imkoni yaratish va muvozanatli daromad taqsimlash uchun 5 asosiy yo’l belgilandi.

Bunlar makroiqtisodiy barqarorlik, inson kuchi va ish sifatini ko’tarish, yuqori darajada qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni orttirish, ish va investitsiya muhitini tiklash bilan davlat organlarida institutsional sifatni yuqoriga ko’tarish deb bildirildi.

Ushbu siysat bo’limlari ostida narxlarni muvozanatlashtirib valyuta siyosatini belgilash, ma’lumot va aloqa texnologiyasini rivojlantirish kabi maqsadlar o’nga chiqgandir.

Dasturga ko’ra avvvalambor 2017- yili Turkiya iqtisodiyoti uchun bashorat etilgan o’sish 5,5 % atrofida belgilangandir. Mana hozir o’z navbati bilan ilk ikki choyrakda bildirilgan 5,2 % va 5,1 % lik o’sish raqamlariga nazar solganda maqsadga erishishning qiyin bo’lmagani ko’rinmoqda. Turk iqtisodiyotining 2017 yilgi muvaffaqiyati, kelajakda ham muvozanatli va davomlilik umidi bermoqda.

Dasturda iqtisodiy o’sishning eng muhim manbalaridan birini tashkil etgan eksportning 2017- yil 156,5 milliard dollar bo’lishi nazarda tutilar ekan, 2018-2020 yilgi eskport hajmining iqtisodiyotda muhim manba bo’lishi va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo’shishga davom etish bashorat qilinmoqda.

Bu nuqtai nazardan qo’shimcha solig’i baland mahsulot eksportini orttirish bilan iqtisodiy muvozanat yana ham barqaror va davomli holga keladi. Eksport siyasida rivojlangan iqtisodiyotning xalqaro raqobatga yana ham chiqamdli bo’lganini aytish kerak.

Albatta iqtisodiy rivojlanish bahs mavzusi bo’lganda davomli va muvozanatli bo’lish qanchalik muhim esa bularni qamrash ham chunalik muhim. Hozirda Turkiyada ijtimoiy yordamlar, ish imkoni yaratish safarbarligi, rag’batlantirish mavzularida muhim qadamlar tashlab ish bilan ta’minlagan iqtisodiyot yaratishga harakat qilmoqda.

Ishsizlik qaramlariga kelganda 2017- yili bu nispat 10,8 % atrofida kuzatildi. 2019- yilidan e’tiboran buning bir xonali raqamlarga tushishi va 2020- yili 9,6 % ga kelishi tahmin etilmoqda. Ko’p sonda rivojlangan va rivojlanayotgan davlat va Turkiya iqtisodiyoti uchun ham katta muammolardan biri ishsizlikni kamaytirishning yo’li esa davomli rivojlanishni kuzatgan siyosatga o’tadi. Turkiyada bu borada tashlangan ilk qadam ish imkoni yaratish safarbarligidir. O’tgan oylar chop etilgan 2017-2019 Milliy ish imkoni strategiyasi ham bu doirada tayyorlangan muhim hujjatlarda biri sifatida baholash mumkin. Ta’lim-ish imkoni, imtiyozsiz guruhlar, ayollar mehnatidan foydalanish kabi masalalar muhokama qilingan bu hujjatlarda belgilangan maqsadlarga tomon strategiyalar izlashi bilan ta’minlashning ahamiyatini ko’rsatmoqda.

Bir boshqa mavzu esa marko iqtisodiy ko’rsatgichlar bo’lgandir. 2017-yili inflatsiya 9,5 % atrofida belgilanar ekan buning 5 % tushishi nazarda tutilmoqda. Bu jarayonda inflatsiyani pasaytirish bir tomonda ich bozorlardagi o’zgarishlar, boshqa tomonda tashqi omillarning ta’sirli bo’lishi kutilmoqda.

Dastur doirasida diqqat tortgan mavzular orasida 2020- yili jon boshiga tushgan daromadni orttirish bo’lgandir. Tahminlarga ko’ra 2020-yiligacha Turkiyada jon boshiga tushgan daromadning 13 ming dollarga borib yetishi nazarda tutilmoqda. Bu bilan Turkiya yuqori darajada daromad topgan iqtisodiyotlar orasiga kira oladi. Mana shuning uchun 2020 yili, Turk iqtisodiyoti uchun ham muvozanatli rivojlanish raqamlari ham quyu inflatsiya va ishsizlik raqamlari bo’lgan ham Turkiyaning katta daromad topgan iqtisodiyotlar orasida joy olishini aytish mumkin.

 

 


Tanlangan kalimalar: jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar