Jahon iqtisodiyoti 39-qism

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an, BMTning 72. umumiy kengashida so'zga chiqdi.

Jahon iqtisodiyoti  39-qism

Birlashgan Millatlar 72. umumiy kengashi yig’ilishi doirasida  Nyu Yorkga borgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an, kerak bo’lsa dunyo rahbarlari kerak bo’lsa nodavlat  tashkilotlar va  boshqa guruhlar bilan ham yig’ilishlar o’tkazdi.

Dunyo rahbarlariga hitob qilgan Erdo’g’an, BMTning 72. Umumiy kengashida xalqaro tinchlik, farovonlik va muvozanatli yo’l olish borasida muhim so’zlar sarf etdi.

Prezident Erdo’g’anning umumiy kengashda so’zlagan nutqida Suriyali ko’chmanchilar, Myanma, Iroqdagi referendum jarayoni va Qatar masalasi ilk navbatda joy oldi. Global tinchlik oldida katta  xavf bo’lgan ushbu unsurlar xalqaro adolat, xavfsizlik va iqtisodiyot sohasida katta tahditdir. Bu doirada Erdo’g’anning avvalambor kun tartibiga keltirgan mavzulardan biri Turkiyaning  yon boshida surib ketayotgan Suriya masalasi bo’ldi.

Bilingani kabi Turkiya, Suriya masalasiga yechim topishi kerak bo’lsaydi siyosiy va insonliy yordamlar bilan o’lkasiga qabul qilgan ko’chmanchilarga qo’lidan kelgan imkolarni taqdim etdi. 3 milliondan ziyod Suriyali ko’chmanchiga mezbonlik qilgan va bosh pana ta’minlagan, oziq-ovqat, salomatlik kabi xizmatlar bergan Turkiya dunyoga namuna bo’lgandir.

Turkiya bu yordamlarni berar ekan deyarli 30 milliard dollar sarf etib, Suriyali ko’chmanchilar uchun dunyo bo’ylab berilgan yordamlar nispatini boshqa davlatlardan oshirgandir. Misol Yevropa Ittifoqining (YI) ko’chmanchilarga bergan yordami 800 million Yevro bo’lar ekan dunyoning 17. Ulkan iqtisodiyoti bo’lgan Turkiyada esa bu raqamlar yana ham yuksak.

Ustiga-ustak Turkiyaning gumanitar yordamlari faqat Suriyali ko’chmanchilar bilan qolmagan. Turkiya insonlik tragediyasi cho’qqalarga chiqgan Arakanli musulmonlarga ham qo’l uzatmoqda. TIKA, Qiziloy va AFAD kabi tashkilotlarning hududga bergan yordamlari soyasida mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazmoqda. Shuningdek Islom hamkorlik tashkiloti davr rahbari bo’lgan Turkiyaning Myanma masalasini kun tartibiga keltirishi, yechim uchun tashlangan muhim bir qadamdir.

Prezident Erdo’g’anning BMTdagi maruzasida to’xtalib o’tgan masasalardan bir boshqasi esa 25-Sentyabr kuni Iroq Kur Boshqaruvining (IKMB) referendum kirishuvidir. Referendumga qarshi bo’lganliklarini ifoda etgan Erdo’g’an, buning og’ir natijalari bo’lishini ifoda etdi. Bilingani kabi IKMB iqtisodiyotiga manba bo’lgan neftdan daromat topishida Kerkuk-Yumurtalik quvur tarmog’i katta ro’l o’ynamoqda.

Mavjud boshqaruvning hududda bor bo’lishga davom etishida Turkiya tuproqlari ustidan amalga oshiririlgan neft eksporti katta ahamiyatga ega. Neftdan tashqari Habur chegara darvozasidan iqtisodiyoti uccun ijobiy foydalangan IKMBning referedum qarori, Turkiya bilan aloqalarga zarar beradigan vaziyatda.

Erdog’an to’xtalib o’tgan bir boshqa  mavzu Ko’rfazdagi Qatar masalasi, Qatarga tatbiq etilgan sanktsiyalar ham ko’rfaz tijoratining ham global tabiiy gaz bozorlariga hozircha ta’sirli bo’lmaydigan kabi. Qatarning daslabgi kunda LNG eksportida lider bo’lganini tushunib mavjud masalalar va kelishmovsizliklar mavzusida ta’minlaydigan kelishuv hudud iqtisodiyotiga o’z  ta’sirini ko’rsatadi.

BMT xavfsizlik kengashining tuzilishini ham tanqid qilgan Erdo’g’an, millatlarning II. jahon urushidan keyin qurilgan tizimdan umuman boshqa bir nuqtaga kelganini va BMTning qaror olish sistemasini ortda qoldirishi kerakligini bildirdi. II. Jahon urushidan keyin tinchlik va barqarorlik o’rnatish uchun vujudga kelgan BMT, hozirgi kunda mavjud muammolarga yechim topa olmagan bir tuzilishga aylangan. Davomli tinchlik o’rnatishning bir maqsad bo’lishi uchun avvalambor BMTning tuzilishiga o’zgarish kiritish kerak.


Tanlangan kalimalar: jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar