Kun tahlili 38- qism

Oylardir bir ozchilik etnik guruhi, yurtdoshi bo’lgan hokim o’lka tomonidan tartibli ravishda o’ldirilmoqda, uylari va shaharlari yoqib yuborilmoqda.

807265
Kun tahlili  38- qism

Oylardir bir ozchilik etnik guruhi, yurtdoshi bo’lgan hokim o’lka tomonidan tartibli ravishda o’ldirilmoqda, uylari va shaharlari yoqib yuborilmoqda. Faqatgina uylari va shaharlari yoqilsa yana yaxshi. Insonlar, bolalar, keksa , xotin- qizlar demasdan yoqib yuborilmoqda, yoki qassob pichoqlari  bilan parchalanib o’ldirilmoqda. Bolalar, keksalar suvga tashlanib yuborilishi natijasida  g’arq bo’lmoqdalar. Barcha bu dahshatni amalga  oshirgan bir davlat va davlat boshqaruvi tomonidan himoya qilingan Budist rohib, askar va  tinch aholilar. O’ldirilganlar esa Rohingyaliklar emas, bizoat insoniyatning xuddi  o’zidir.

                      Boshda BMT bo’lib butun xalqaro tashkilotlar bu qatli omlarga qarshi  jim-jit qolmoqda. Rohingyaliklar Musulmon bo’lishlariga qaramasdan o’nlab Islom davlatidan  ham bir reaksiya ko’rsatilgani yo’q.

                      Faqatgina Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an bu qatli omga isyon etdi,  va dunyoning kun tartibiga keltirdi.  

                      Faqatgina inson huquqlari emas, atrof- muhit va inson huquqlari  mavzusida juda sezgir harakat qilgan Yevropa ittifoqi o’lkalarining barchasi bu vahshatga e’tiborsiz qoldi. 

                      Yevropa va g’arbning  barcha inson qadriyatlari taxminan  35 yildir, yana  g’arb olami tomonidan yo’q qilindi. Va endi g’arbning qo’lida hech bir dalil qolmadi. Qachon ki g’arb va ayniqsa Yevropa ittifoqi “ insonlarga, demokratiya” desa, barcha buning tagida iqtisodiy bir manfaatning borligini tushunadi.

                      Ushbu  ochchiq  haqiqatni vijdoni bo’lmagan ha  g’arbliklar ham juda yaxshi biladilar.

                      G’arb, o’z qadriyatlarini tugatib o’zini yo’q qilgan bir madaniyat sifatida tarixda joy oladi.

                      Va  qo’rqaman ki biz bu dramani ko’ryapmiz.

                      G’arb,  chorak asr oldin Yevropaning markazida Bosniya va Gersegovinada Serblar tomonidan  qilingan genotsidga ko’z yumib o’z o’lim farmonini imzoladi. 

                      So’ngra Liberiyadagi ichki urushdagi uslubi. Va albatta ki Afg’onistonni haqiqatga tayanmagan iddaolar bilan ishg’ol qilishi,  G’arbga bo’lgan ishonchning  yo’q bo’lish  nuqtasiga keldi.

            Arab bahoridagi uslubi bilan yana bir  bor umidlarni puchga chiqardi.

                      Demokratk metod bilan Misr xalqi ko’pchilik   bilan  saylagan Muhammad Mursining to’ntarilish  voqeasida harbiy to’ntaruvchilardan yana davr olishi,  g’arb qadriyatlari oxirgi  bosqichi edi menimcha. 

                     

 

Turkiyada ham demokratik metodlar  bilan saylangan prezidentni to’ntarishga  harakat qilgan harbiy to’ntaruvchilarni himoya qilishi, ikki xil yuzini yaqqol ko’rsatgan   so’nggi voqea edi. Turkiyada harbiy to’ntarishga tashabbus qilgan askarlar, yuzlab tinch aholini o’ldirgan, minglabini  esa yaralaganlar edi. G’arb olami va Yevropa ittifoqi, ushbu terroristlarga quchoq ochgan, barcha qochqinlar  imtiyoz berganlar. Bugun ayni g’arb Rohingyadagi dahshatga ham  e’tiborsiz qolishi endi heh kimni g’azablantirmaydi. Chunki insonlar endi biladi ki demokratiya, tenglik, inson haqlari, axloq kabi tushunchalar, g’arb uchun faqatgina manfaatlari uchun ishlatilgan biror vositadir.

Rohingyada  sodir bo’lgan aslida Suriya, Iroq , Liviyadagi vakolat urushining bir o’xshashidir.

G’arb olamining eng katta harbiy va iqtisodiy kuchi, Xitoyning iqtisodiy bir kuch sifatida yuksalishini va Ipak yo’lini  hayotga tatbiq etishiga  to’siq bo’lish.  

Dunyoning  dengiz savdosining yarimidan ziyodi Arakan Bo’g’ozidan  o’tadi. Arakan Bo’g’ziga  hokim  bo’lgan mintaqa Xitoyga borgan neft va gaz quvurlarini asosiy yo’li. Xitoy uchun juda muhim bo’lgan bu ikki energiya quvuri tahlikada bo’lishi, Xitoy iqtisodiyotini  mo’rtlashtiradi.

Bu quvur, Rohingyadan o’tmoqda. Va Myanmar davlati, mustaqilligini qozongan kundan beri, Rohingya Musulmonlar  ustida, har turli bosim  va shiddat tatbiq etib kelmoqda. Faqat 2010dan beri  ushbu bosim, genotsid va etnik tozalashgacha bordi. Shiddatni orttirdi va birdan ochlik  bilan duch kelgan  Rohingyada  zamonaviy va  juda qimmat qurollar bilan jihozlangan bir terror tashkiloti o’rtaga chiqdi. Bu terror tashkiloti

so’zda Rohingyalarning  haqlari uchun kurashadi. Faqat qilgan har harakati , Rohingyalarga  o’lim va surgun sifatida o’rtaga chiqdi.

Xitoyning muhim energiya quvuri va dengiz tijoratining 80 foiziga  yaqin  bo’limi Arakan bo’g’ozidan  o’tmoqda,  bu o’lkani tahdid sifatida ko’rgan iqtisodiyotlarga yangi chora tadbirlar topishga harakat qildi.

Afg’oniston va Iroqda  go’yo  ommaviy qirg’in qurollarni  bartaraf etish uchun bostirib kirgan G’arb olami kuchlarining maqsadi juda farqli ekani ma’lum bo’ldi. Atom va qirg’in qurol bo’lmagani ma’lum bo’lgandan  keyin g’arb askarlari hanuz bu o’lkalarda nimaga to’xtab turganini tadqiq qilgan bir ziyolining bo’lmasligi ajib emasmi? 

1991dan beri G’arbning yaqin sharqda boshlatgan vakolat urushi afsus Osiyoga siroyat  qildi.

Umid qilaman Myanmarning davlat aqli g’olib  bo’lar  kirib qolgan girdobdan o’zini qutqarar.

Rohingyalik musulmonlarga genotsid tatbiq etish esa  mintaqaning xavfsizlik, etnik va siyosiy xaritasini  o’zgartirish niyatni ko’rsatadi.  Bu voqealar faqatgina Rohingyaliklar bilan cheklanib qolmas.  Umid qilamiz  dunyo ushbu iflos vakolat urushiga yana  ko’proq vosila bo’lmas.


Tanlangan kalimalar: #G'arb , #Myanmar , #Arakan , #Zulm

Aloqador xabarlar