Turkiya va yevrosiyo munosabatlari 34-qism

Turklarning otalaridan bo’lgan Manasga oid haykal qisqa bir muddat oldin Istanbulda xizmatga tushirildi. Manas dostonining to’liq matini Turkiya Turkchasiga o‘girilib chop etildi.

Turkiya va yevrosiyo  munosabatlari 34-qism

                                  Turklarning otalaridan bo’lgan Manasga oid haykal qisqa bir muddat oldin Istanbulda  xizmatga  tushirildi. Manas dostonining  to’liq matini Turkiya  Turkchasiga  o‘girilib chop etildi . Biz ham bu hafta dasturimizda ushbu yangilik va Turkiya Qirg’iziston aloqalarini muhokama qilamiz.

                      Otaturk Universiteti xalqaro aloqalar bo’limi ustozi Dr. Jemil Do’g’ach Ipekning mulohazalarini e’tiboringizga  havola qilamiz.

                                 Qirg’iz haykaltarosh tomonidan yasalgan to’rt metr balandlikdagi Manas haykali o’tgan kunlarda Istanbul Sutluje parkida tantanali bir marosim bilan  xizmatga tushirildi. Manas faqatgina Turklar uchun emas dunyo tarixi va adabiyoti jihatidan  ham  muhim bir figura. Dunyoda Manas dostoni qadar katta hajimli, muqaddas kitoblar kabi yodlanib keligan  bir boshqa doston mavjud emas.

                                 Manas haykalining ochilishiga Qirg’iziston Bosh vaziri Soronbay Jeenbekov, Qirg’iziston Anqara favqulodda va muxtor elchisi Ibrahim Junusov, Turkiya  madaniyat va Turizm Vaziri Numan Kurtulmush, Istanbul Gubernatori Vasif Shahin, Istanbul shahar hokimi Kadir To’pbosh va turli nohukumat tashkilot a’zolari  ham qatnashdi.

                     Shunday qilib Istanbul, ikki Turk xalqini  bir- birini yana ham yaqindan tanishini ta’min etadigan bir asar qozondirdi. Bu haykalning ochilishi ikki  o’lka madaniy aloqalarini yana kuchaytiradi.

                                 Manas, faqatgina bir jangchi  emas, ayni zamonda Qirg’iz xalqiga to’g’ri yo’lni ko’rsatgan odamiy bir hukmdor sifatida ham bilinadi. Bu yuzdan barcha Turk aslli xalqlar Manasga hurmat qilmoqda. Istanbul Turk olamining eng muhim shaharlaridan  birovi bo’lib bu shaharda Manas haykalining ochilishi Turk olami uchun juda  muhim. Istanbulda istiqomat qilgan har zamon Manas haykalini ko’rganda Qirg’iz xalqini eslaydi. Haykal, ikki Turk aslli  xalqning do’stlik ramzi sifatida yashaydi.

                                

                                 Manas haykalining ochilish bilan ayni zamonda Turk olami jahon shahar hokimlari birligi va Qirg’iziston Prezidentlik idorasi hamkorligida   Manas Dostoni Turkiya turkchasiga o’girib  chop etildi. Kitob, 2017- yilida tug’ilishining 150- yilini  nishonlangan, taniqli manaschi Sabimbay Ozrozbekov  tahlili bilan yozilgan manas dostonining barchasining  ilk Turkcha tarjimasidir.

                     Orozbakov Manas Dostonini  xarakter mavzusi   jihatidan boyligi juda keng ko’lamli va keng bir  shaklda muhokama qilinmoqda. Ushbu muhim asar, Qirg’iziston bilan Turkiya o’rtasidagi madaniy hamkorlikning rivoji jihatidan katta ahamiyat kasb etmoqda.

 

Eng sobiq Turk dostonlaridan birovi bo’lgan Manas, Turk mifologiyasidan va  Cho'l madaniyatidan chuqur izlar mavjud. Misra soni jihatidan esa Eronlik  Firdavsning Shohnomasiga, Finliklarning kalevala,  Nemisliklarning Nibelungen, Hindliklarning Ramayna, Sobiq Greklarning İliaada va Odysseia kabi dostonlaridan yana  ham uzun. Manas  500 ming misra bilan dunyoning eng buyuk dostoni ayni zamonda mazmuni  va tili bilan faqatgina Qirg’iz xalqi emas, barcha Turk xalqlarining madaniyatiga oid ma’lumotlarni berishi jihatidan juda katta ahamiyat  kasb etgan hujjat sifatidadir.

            Turkiya 1991- yili 16- dekabr kunida Qirg’iz Respublikasining mustaqilligini tan olgan dastlabki o’lka.  Ikki o’lka orasida 1992- yili 29- yanvarida diplomatik aloqalar tuzildi. 1992- yilida o’zaro Bishek va  Anqara elchiliklar  xizmatga  tushirildi . Ikki o’lka o’rtasida madaniyat  sohada hamkorliklar, iqtisodiy sohada esa juda yaqin faoliyatlar mavjud. Yana Qirg’izistonda ikki o’lkaning mushtarak Turk- Manas universiteti ham  mavjud. Bu bilan ikki o’lka orasidagi aloqalar davomli ravishda rivojlanmoqda. Turkiya har sohada Qirg’iziston bilan bo’lgan aloqalarini yana mustahkam qilishga  qarorli. Kelgusi davrda ehtimoli ikki o’lka orasidagi aloqalar yana ham rivojlanadi.

            Turkiya bilan Qirg’iziston o’rtasidagi aloqalar strategik sheriklik saviyasida o’zaro kuchli iroda bilan har sohada ijobiy bir yo’l izlamoqda. Turkiya, barcha davlat tashkilotlari va nohukumat tashkilotlar bilan Qirg’iziston tashkilotlanishini  himoya qilmoqda. Ikki o’lka orasida birinchi o’rinda siyosiy, iqtisodiy, savdo, harbiy, madaniy, ta’lim, sog’lik, transport sohalarida juda ko’p tomonlama aloqalar borasida  200dan ortiq bitim va protokoldan tashkil topgan keng bir huquqiy  zamin doirasida  davom ettirilmoqda.

            Qirg’iziston boshqaruvi, birinchi o’rinda Turk kengashi bo’lib Turk olami ichidagi tashkilotlarda o’rin olmoqda. Va  qo’llab- quvvatlamoqda. Turkiya,  O’rta osiyo geografiyasida demokratik aylanishni amalga oshirayotgan Qirg’izistonning barqor  va rivojlanishini davom ettirishiga ahamiyat bermoqda. Bu doirada, siyosiy va tashkili islohot jarayonini  boshidan beri Qirg’iziston har saviyada himoya qilmoqda. Faqat Turkiyaning  Qirg’izistondan bu kunlarda bir umidi yana bor. Fatullahchi terror tashkiloti  (FETO)ning O’rta Osiyoda eng jadal   faoliyat ko’rsatgan o’lka Qirg’iziston. Turkiya bu faoliyatlarga to’siq bo’lishini orzu qilmoqda. Bu nuqtada Qirg’iziston birodarlik  mas’uliyatini bajo keltirishi kerak va o’lkadagi FETO tashkilotlanish faoliyatlariga to’siq bo’lish kerak.

 Otaturk Univeristeti xalqaro aloqalar bo’limi ustozi Dr. Jemil Do’g’ach Ipekning mulohazalarini e’tiboringizga taqdim  etdik.

 

 


Tanlangan kalimalar: Qirg'iziston , Sutluje , Istanbul , Haykal , Manas

Aloqador xabarlar