Jahon iqtisodiyoti 22-qism

Turkiyada endi Prezidentlik Sistemasi bilan yangi bir davr boshlanib bu doirada faoliyatlar olib borilmoqda.

Jahon iqtisodiyoti  22-qism

21 May kuni Adolat va Taraqiyot Partiyasida o’tkazilgan Kongressdan keyin Prezident Rajab Toyib Erdo’g’an, asoschisi bo’lgan partiyasida qaytadan bosh rahbar etib saylandi. Kongressdan keyin Turkiya siyosatida yangi bir davr boshlagan bo’ldi. Yangi davrda “Demoktatiya, o’zgarish kiritish, islohot amalga oshirish” asoslariga tayangan bir boshqaruv nazariyasiga ega bo'lganliklarini ma’lum qilgan AK Partiya, 15 yildan beri hukumatda bo’lib va kelajak bilan aloqali yangi yo’l xaritasi chizishga boshlagan.

So’ngi 15 yil ichida Turkiyada iqtisodiyotdan salomatlik, ta’lim-tarbiya va infratuzilmagacha ko’p sohada islohotlar amalga oshirdi. Ushbu islohotlar bilan Turk iqtisodiyoti ijobiy tomonga o’zgardi. Qolaversa Turkiya AK Partiya hukumronligida shu 15 yil ichida milliy daromadni 3 barobarga chiqarib global iqtisodiyotda muhim aktyorlardan biri bo’lish uchun qadam tashladi. O’lka iqtisodiyotidagi ijobiy o'zgarishlar va mavjud vaziyatni haqiqiy bir muvaffaqiyat desa mubolag’a  bo’lmaydi.

AK Partiyadan kutilganlar mana shunlar….

Prezident Rajab Toyib Erdo’g’anning AK Partiyaga qayta a’zoligi 2019 yili bo’ladigan saylovlargacha AK Partiya tomonidan turli siyosiy yo’llar va yo’l xaritasi maydonga qo’yilishi kutilmoqda. Asosan 15 Iyul davlatni to’ntarish tashabbusida nishonga olingan makro iqtisodiyotdan keyin barqarorlikni muhofaza etish va rivojlanishga davom etish uchun bu siyosatlar o’ta muhim. Siyosatda barqarorlik o’nratiladigan bu yangi davr bilan birga Turkiyada, asosan koalitsiya davrlaridagi iqtisodiy inqirozlarning ortda qolgan va iqtisodiy barqarorlikka yo’nalish uchun muhim imkoniyatlar yaratmoqda.

Kalajakda o’rta daromat guruhidan chiqib yuksak daromatga ega mamlakatlar safiga kirish uchun amalga oshirilgan islohotlarga diqqat qaratib bu sektorda faliyatlarni orttirish kerak. Misol, ish bilan ta’minlash sohasida kiritilgan islohotlarning ishsizlik raqamlariga o’z ta’sirini ko’rsatishini ma’lum qildi. Bu nuqta-i nazardan ishsizlikka to’g’ridan ta’sirli bo’lgan yoslar va ayollar uchun ish imkoniyati yaratish alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Qolaversa ishlab chiqarish sohasida kiritiladigan o’zgarishlar bilan qo’shimcha solig’i yuksak mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport raqamlariga  jobiy aks etishi kutilmoqda. Bu soyada tashqi tijoratda yana faol bo’ladigan Turkiyaning tashqi tijoratdagi kamchiliklarni ham bartaraf qilishi mumkin. Texnologiya deyarli har sektorda jadal rivojlanib borgan global sistemada Turkiya joylashgan mintaqadagi vaziyat va to’ntaruv tashabbusiga qaramasdan iqtisodiyotda 2016 yili 2,9 % o’sish kuzatilgandir. Rivojlanayotgan davlatlar qatorida joy olgan Turkiya, bu kon'yunkturada to’g’ri qadam tashlash va iqtisodiyotda kelajak qayg’ularini bartaraf qilish uchun Prezidentlik Sistemasining katta imkoniyatlar berishi nazarda tutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar