Jahon iqtisodiyoti 19-qism

Prezident R.T. Erdo'g'an, Hindiston, Rossiya, Xitoyga safar uyushtirib Turkiyadagi yangi jarayonni ko'rmoqda.

729645
Jahon iqtisodiyoti 19-qism

16 Aprel referendum natijalari bilan Turkiyada jadal o’zgarish jarayoni boshlagandir. May oyi Prezidenti R.T.Erdo’g’anning chet el safarlari ortgan. Hindiston bilan boshlatgan safari Rossiya, Xitoy va AQSh bilan davom etishi rejalanmoqa. Ichki siyosatda o’zgarishlar kiritilishi kutilgan Turkiya, Prezident Erdo’g’anning ziyorati bilan tashqi siyosatda ham yangi bir davrning boshlaganini ko’rsatmoqda. Dunyoning olkan iqtisodiyotlari orasida joy olgan bu o’lkalarda amalga oshiriladigan ziyoratlar, xalqaro tijoratda ta’sirli tomonlar bilan aloqada bo’lishni o’nga chiqarmoqda.

Turkiya, Shimolda Rossiya, Janubda Yaqin sharq, G’arbda Yevropa va Sharqda Osiyo geografiyasi bilan o’rab olingan bir o’lka sifatida bu millatlarning, madaniyatlarning, iqtisodiyotlarning va transport aloqa markazining o’rtasida joy olmoqda. Asosan so’ngi yillar olib borgan say harakatlari  bilan fursarlardan foydalanishga boshlagan Turkiyaning, bundan eng unumli foydalanib Rossiya, Xitoy, Hindiston kabi o’lkalar bilan kuchli iqtisodiy aloqlar olib borishi katta ahamiyatga ega.

Ilk ziyoratini dunyoning eng buyuk 7. Iqtisodiyoti va xalqaro tijoratda o’nda bo’lgan Hindistonda amalga oshirdi. Mana shuning uchun, iqtisodiy hamkorlikning, tijoriy aloqalarning va investitsiyalarni orttirishni ikki o’lka aloqalarini uzoq muddatda ishonchli ravishda davom ettirishi uchun muhim. Hozirgi kunda tijoratda alohida o’rin olgan mahalliy pul birligi Turkiya-Hindiston o’rtasidagi tijoriy aloqalarda ham kun tartibida. Xalqaro tijoratda imkoniyatlar va qulayliklar kentirgan mahalliy pul birligi bilan tijorat hajmini orttirish va Turkiya-Hindiston o’rtasida bo’ladigan tijoratda ham tatbiq etilishi yangi iqtisodiy tartibot keltirishi mumkin. Bu bilan bir qatorda, ikki o’lka o’rtasida o’nga chiqgan mavzulardan biri esa Birlashgan Millatlar xavfsizlik kengashining tuzilishini qaytadan tiklashdir. Prezident Erdo’g’anning ham ulkan iqtisodiyot, ham 1 milliard 700 million aholisi bo’lgan Hindistonning, dunyo aholisining katta bo’limini tashkil etganini bildirib xavfsizlik tashkilotida joy olishi kerakligini aytishi Hindiston va Turkiya kabi rivojalanyotgan davlatlar uchun yangi jarayonning boshlatilishi jihatidan muhim. Prezident Erdo’g’anning boshqa o’lkalar ham bor degan so’zlaridan yo’lga chiqib Hindistonning xavfsizlik kengashiga a’zo bo’lishi, Birlashgan Millatlarda islohot kiritish masalasiga bir yechim sifatida qabul qilish kerak.

Hindiston ziyoratidan keyin Erdo’g’anning keyingi ziyorat bekati bo’lgan Rosisya, ikki o’lka aloqalarining so’ngi davrlardagi vaziyati bilan bog’liq iqtisodiyot, energiya, mudofaa va Suriya maslasi kabi mavzularning muhokama qilinishi kutilmoqda. Ikki o’lka aloqalari mavjud energiya manbai bilan mintaqaviy xavfsizlikka hissa qo’shishi uchun Rossiya va Turkiya o'rtasidagi siyosatning ahamiyatini orttirmoqda. Oxirgi marta Valadimir Putinning Turkiya ziyoratida Turk Oqimi Tabiiy gaz quvur tarmog’i shartnomasi imzolangan edi. Prezident Erdo’g’anning bu ziyoratidan keyin ikki o’lka o’rtasida tijorat va energiya kabi sohalarda hamkorlik va barqarorlik bahs mavzusi bo’lishi rejalashtirilgan. So'ngi ziyorat bekati bo’lgan Xitoy, yalpi ishki mahsulot mavzusida dunyoda ikkinchi  iqtisodiyot sifatida ekan, xarid qilish kuchi bilan dunyoda eng buyuk iqtisodiyot vaziyatida. Tijorat sohasida, dunyoda tijoriy tashabbuslarni orttirish mavzusida, Osiyo va Yevropani dengizdan va quruqlikdan bir-biriga bog’lashni nazarda tutgan Xitoy, dunyo tijoratida muvozanatni o’zgartirishga tayyorlanmoqda. Ipak yo’li uchun geopolitik ahamiyati bo’lgan Turkiya, loyihaga moslashadigan bir chizgida harakat qilmoqda. Prezident Erdo’g’an boshlatgan iqtisodiy hamkorlik tashabbusi, Turkiya nuqtai nazaridan muhim bo’lib, katta o’zgarishlardan xabar bermoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar