Toshkent haftanomasi 71- qism

Toshkent haftanomasi 71- qism

271774
Toshkent haftanomasi 71- qism

O`zbekiston prezidenti Islom Karimov Motamsaro ona haykali poyiga guldasta qo`ydi.
Islom Karimov Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xotira Maydoniga tashrif buyurdi.
O`zbekistonda 9 May kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o`tkazilgan Xotira maydonidagi an`anaviy marosimda urush va mehnat faxriylari, hukumat vakillari, jamoatchilik vakillari xorijiy diplomatlar ishtirok etdi.
O`zbekiston prezidenti Islom Karimov urush yillarida jonlarini qurbon qilgan vatandoshlarni yodga oldi hamda faxriylarni g`alabaning 70 yilligi munosabati bilan qutladi.
“Bugun Vatanimiz, xalqimiz Ulug` Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan G`alabaning 70 yilligini keng nishonlamoqda, – dedi Islom Karimov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda. – Ana shu buyuk sana bilan avvalo urushda qatnashgan, mardlik va jasorat ko`rsatgan barcha urush faxriylarini, shular qatorida front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizni, butun xalqimizni tabriklash, urush maydonlaridan qaytmagan, bugungi musaffo osmonimiz uchun jon bergan vatandoshlarimiz xotirasi oldida bosh egish barchamiz uchun ham qarz, ham farz, deb bilaman” deya takidladi.
“Bugun hech kimga sir emas: million-millionlab odamlar halok bo`lishiga sabab bo`lgan, mislsiz yo`qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan bu urush insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg`in bo`lganini bu dunyoda hech kim unutmaydi. Va fashizm ustidan qozonilgan g`alaba naqadar qimmatga tushganini yurtimizda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi odam yana va yana bir bor anglashi, qalbidan o`tkazishi tabiiydir”, dedi davlati rahbari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda.


O`zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov 8 may kuni Moskvada bo`lib o`tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari rahbarlarining Ikkinchi jahon urushidagi g`alabining 70 yilligiga bag`ishlangan norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
“O`zbekiston” axborot agentligining xabar berishicha, O`zbekiston rahbari o`z chiqishida hayotlarini o`rtaga tikib Er yuzidagi ozodlikni himoya qilgan insonlarning jasorati, qahramonligi va qat`iyati hech qachon unutilmasligini ta`kidlab o`tdi.
Islom Karimovning qayd qilib o`tishicha, O`zbekiston fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga o`z munosib hissasini qo`shgan. jumladan, respublikaning o`sha paytdagi 6.5 million aholisidan 1,5 million kishi frontga yo`l olgan, ulardan 500 mingi o`z uylariga qaytib kelmagan. Ularning xotirasini abadiy saqlash maqsadida barcha ism-shariflar O`zbekistonda o`rnatilgan Xotira kitobiga zarhal harflar bilan yozilgandir.
Bundan tashqari, o`zbek xalqi urush yillarida zabt etilgan hududlardan ko`chirilgan 1 milliondan ortiq odamga, shu jumladan, 200 mingcha etim bolalarga boshpana berdi.
Shuningdek, O`zbekiston etakchisi respublikada g`alabaning 70 yilligiga bag`ishlangan keng miqyosdagi tadbirlar bo`lib o`tayotganini ma`lum qildi.
8 may kuni Kremlda Ikkinchi Jahon urushidagi g`alabaning 70 yilligiga bag`ishlangan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a`zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Rossiya, Belarus, Qozog`iston, O`zbekiston, Qirg`iziston, Tojikiston rahbarlari ishtirok etdi.

8 may kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiyaning O`zbekistondagi sobiq Elchisi deputat Kyoko Nakayama boshchiligidagi Yaponiya Parlamenti maslahatchilari Palatasining bir guruh a`zolari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Yaponiya tomoni O`zbekiston bilan turli sohalarda o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari ko`rib chiqilgan O`zbekiston Ҳukumatidagi samarali muzokalari hamda Buxora va Samarqand viloyatlari rahbarlari bilan bo`lib o`tadigan urashuvlardan orttirgan taasurotlarini so`zlab berdi.
Tashqi ishlar vazirligida bo`lib o`tgan suhbat chog`ida ikki tomon kun tartibining ayrim masalalari hamda Toshkent shahrida bo`lajak O`zbekiston-Yaponiya parlamentlararo forumining amaliy jihatlari muhokama qilindi.Uchrashuvda Yaponiya Elchisi Fumihiko Kato ishtirok etdi.

O`zbekiston tashqi ishlar vazirligida Evroparlament delegatsiyasi raisi bilan uchrashuv o`tkazildi
O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 7 may kuni O`zbekistonga muntazam parlamentlararo almashuvlar doirasida tashrif buyurgan Evropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo`g`uliston bilan aloqalar bo`yicha Delegatsiyasi raisi Iveta Griguleni qabul qildi.
O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, suhbat chog`ida O`zbekiston va Evropa Ittifoqi o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari hamda Oliy Majlis palatalari va Evropa parlamenti aloqalarining hozirgi holati va ularni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida ko`p rejali hamkorlikni kengaytirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlashdan ikki tomon ham mafaatdor ekanligi ta`kidlandi.
Tomonlar O`zbekiston-Evropa Ittifoqi Ҳamkorligi kengashining navbatdagi yig`ilishini o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish jarayoniga alohida e`tibor qaratdilar. Uchrashuvda Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi Elchisi Yuriy Shterk ishtirok etdi.

O`zbekiston va Belarus Tashqi ishlar vazirliklari vakillari Toshkentda uchrashdi.
5-6 may kunlari Toshkent shahrida O`zbekiston va Belarus Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi navbatdagi konsultatsiyalar o`tkazildi.
Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma`lumot berdi.
Toshkentdagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Belarus Tashqi ishlar vazirligi Bosh huquqiy boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Dmitriy Spressov boshchiligidagi delegatsiya O`zbekistonga tashrif buyurdi.
Muzokaralar jarayonida hamkorlikning huquqiy negizini kengaytirish istiqbollari hamda tpmonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko`rib chiqildi. Uchrashuvda shuningdek, amaldagi kelishuvlar ijrosi masalalari xam muxokama qilindi.

Toshkentda badiiy gimnastika bo`yicha jahon kubogi bosqichi bo`lib o`tadi.
20-25 may kunlari Toshkent shahrida badiiy gimnastika bo`yicha jahon kubogi bosqichi hamda o`smirlar o`rtasida an`anaviy tarzda tashkil etiladigan “Happy Caravan 2015” xalqaro turniri o`tkaziladi.
Bu yilgi badiiy gimnastika bo`yicha jahon kubogi bosqichi musobaqalarida O`zbekiston, Ozarbayjon, Argentina, Armaniston, Belarus, Qatar, Italiya, Bolgariya, Isroil, Ispaniya, Qozog`iston, Latviya, Malayziya, Rossiya, Koreya, Finlyandiya, Shveytsariya, JAR va Yaponiya davlatidan kelgan yuz nafarga yaqin badiiy gimnastikachilar bahslarda ishtirok etadi.
“Happy Caravan” xalqaro turnirida esa O`zbekiston, Yaponiya, Rossiya, Isroil, Qozog`iston, Estoniya, Malayziya, Moldova va Qirg`iston davlatlarining sportchilari qatnashadi.

Abdulaziz Komilov Germaniyaning Saksoniya federal eri parlamenti raisini qabul qildi.
O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 11 may kuni Toshkent shahriga kelgan Saksoniya federal eri parlamenti raisi Mattias Rossler bilan uchrashdi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi munosabatlarninig hozirgi holati va yanada rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.
jumladan O'zbekistonning Evropa Ittifoqi bilan hamkorligi doirasidagi aloqalari ko`rib chiqildi.
Uchrashuvda O`zbekiston Oliy Majlisining Germaniya hududiy parlamentlari va Bundestagi hamda Evropa parlamenti bilan hamkorligi masalalari muxokama qilindi. Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi hamkorlikning kengayib borayotgani qayd qilindi.
Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar