Tafakkur gulshani 11-qism

152401
Tafakkur gulshani 11-qism


Dasturimiz orqali kelajagi uchun qadam tashlashga tayyorlangan yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari va Turkiyada tahsil olmoqchi bo’lgan yoshlarning qiziqqan barcha savollariga javob berishga harakat qilamiz.
32 tilda efirga uzatilgan radio dasturlarimizni, video lavhalarni va jonli eshittirishlarni www.trtuzbek.com sahifasidan kuzatib borishingiz mumkin.

 

Ma’lum bo’lgani kabi biron universitetni tanitishdan oldin, sizlarga avvalo o’sha universitet joylashgan shahar xaqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qilyabmiz. Chunki boshqa mamlakatda o’qishga qaror berar ekansiz, sifatli ta’lim olish bilan birga hayot shartlariga mos shaharni tanlashning ahamiyati juda katta.
Kelgusi hafta sizlarga Gazi universiteti xaqida xikoya qilamiz. Aytib o’tganimizdek, avvalo Gazi universiteti joylashgan poytaxt Ankarani qisman tanishtirib o’taylik.
Turkiyaning geografik jihatdan o’rtasida joylashgan va tarixda ko’plab madaniyatlarga mezbonlik qilgan poytaxt Ankarani siz yoshlarga tanishtirar ekanmiz, www.ankara4students.com sahifasidan foydalanmiz.
Mazkur www.ankara4students.com sahifasi Ankara universiteti qoshidagi Yevropa jamiyatlari tadqiqot va tadbiqod markazi tomonidan tayyorlangan. Va Ankara shahar xalqaro talabalar loyihasi doirasida faoliyat ko’rsatadi.
Ankaraga kelmoqchi bo’lgan yoshlar mazkur web sahifasini ko’zdan kechirishlari mumkin.
Mazkur web sahifasida xorijlik talabalarning ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan har jihatga alohida e’tibor berilgan. Hatto talabalarning kasalxonaga qanday murojaat qilishi, oziq-ovqat narxlari kabi aqlga keladigan har qanday savolga javob topish mumkin.
Hatto talabalarning ijaraga uy olishiga doir tafsilotli ma’lumotlarni ham uchratishingiz mumkin. Bu jihatdan mazkur web sahifasi faqatgina xorijlik talabalar uchun emas, balki Turkiyaning boshqa shaharlaridan Ankaraga o’qish uchun keladigan mahalliy talabalar uchun ham juda foydali bo’lishini aytish mumkin.
Savdo markazlari, madaniyat markazlari, kutubxonalar, sport markazlari, xokimiyatlar, ibodatxonalar va sizga zarur bo’lgan manzilgoh va aloqa ma’lumotlari uchun ham mazkur web sahifadan foydalanishingiz mumkin.

Web sahifada o’rin olgan “Ankarada hayot” kotegoriyasining tagida turar-joy bo’limi mavjud. Bu bo’limda o’rin olgan ma’lumotlarga qisqacha nazar tashlamoqchimiz.
“Talabalar shaharchasida yashaysiz. Ankarada joylashgan 18 universitetda 10 mingdan ziyod mahalliy va xorijlik talabalar tahsil oladi. Bularning bir qismi yotoqxonalarda bir qismi esa ijaraga olingan uylarda yashaydi. İkkalasining ham o’ziga yarasha yaxshi yoki yomon tomoni bor. İjarada yashamoqchi bo’lsangiz harajati ko’proq bo’lishi mumkin. Ankarada yashagan bir talabaning oylik chiqimi 1000 -1200 turk lirasi atrofida bo’ladi”
Xorijlik talabalar Turkiyaga sayohat qilishi uchun yana mazkur web sahifaga murojaat qilishi mumkin. Ankara Universiteti Yevropa jamiyatlari tadqiqot va tadbiqod markazi tomonidan tayyorlangan www.ankara4students.com sahifasi orqali bu mavzuga javob bermoqchimiz.
Turkiyada talabalar ko’pincha quruqlik transporti yordamida sayohatga chiqadi. ASHTİ Ankara vokzalidan har soatda Turkiyaning turli shaharlariga avtobus safarlari yo’lga qo’yilgan. Ankara shaharlararo yo’lovchi safarlari bo’yicha bir markaz hisoblanadi.
Turkiyada havo yo’li transporti ham tobora arzonlashib bormoqda va havo safarlari ko’paymoqda. Hatto samolyot biletini arzon bahoga sotib olish uchun oldindan buyurtma beriladi va biletning puli to’lanadi.
Bundan tashqari ba’zi yaqin joylarga bormoqchi bo’lganlar uchun poyezd safarlari ham yo’lga qo’yilgan. Masalan; Eskishehir va Koniyaga arzon narxda tez yurar poyezd safarlari mavjud.
Ankara va unga yaqin hududlarda joylashgan dam olish maskanlari ham mazkur web sahifada tanitilgan.
Xurmatli tinglovchilar kelgusi hafta Gazi Universiteti xaqida ma’lumot beramiz. Xorijlik talabalarning G’azi universitetiga bo’lgan e’tibori xaqida universitet rektoridan ma’lumot olamiz.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar