TRT Tuzilish Tarihi

TRTning qisqacha tarixi

  • 1964-yil 1-may.
    359- sonli Qonunning kuchga kirishi bilan TRT tashkil etildi va radiokanallar TRT idorasiga o’tkazildi.
  • 1968-yil 31-yanvar.
     
    TRT Ankara televideniyesi tajriba dasturlarini namoyish eta boshladi.
  • 1974-yil 9-sentabr.
    Turkiyadagi butun radiokanallar TRT-1 nomi ostida 24 soatlik muntazam eshittirishlarini boshladi.
  • 1979-yil 17-aprel.

    TRT, ilk marotaba “23-aprel xalqaro bolalar festivalini o’tkazdi va Yevropaning 27 telekanalida jonli efir orqali namoyish etdi.
  • 1986-yil 6-oktabr.

    TRT-2 telekanali o’z faoliyatini boshladi.
  • 1989-yil 2-oktabr.

    TRT-3 va TRT-GAP televideniya kanallari o’z ko’rsatuvlarini efirga uzata boshladi.
  • 1990-yil 28-fevral.

    TRT ning ilk xalqaro telekanali hisoblangan TRT-INT, Yevropa davlatlariga qarata o’z ko’rsatuvlarini namoyish eta boshladi.
  • 1990-yil 30-iyul.

    Ta’lim-tarbiyaga mo’ljallangan telekanal sifatidagi TRT-4 telekanali İzmir orqali dasturlarini efirga uzata boshladi.
  • 1990-yil 3-dekabr.
    TRT “Telekun” nomi ostida telematn dasturini yo’lga qo’ydi.
  • 1992-yil 27-aprel.
    TRT Yevrosyo kanali Turkiy davlatlarga mo’ljallangan tele- ko’rsatuvlarini namoyish eta boshladi.
  • 1998-yil 14-noyabr.
    Berlinda TRTning ilk rasmiy byurosi o’z ishini boshladi.
  • 1999-yil 5-yanvar.
    Efir texnologiyalari markazi (SAYTEK) tashkil topdi.
  • 1999-yil 1-may.

    TRTning Internet Web sahifasi ishga tushirildi.
  • 1999-yil 15-iyul.
    TRT-FM va “Turkiya Ovozi” radio eshittirishlari Avstraliyada ham tinglana boshladi.
  • 1999-yil 25-iyul.
    TRT –INT dasturlari, Avstraliya qit’asi va Yangi Zelandiyada ham tomosha qilina boshladi.
  • 1999-yil 20-sentabr.
    Turkmanistonda TRTning Ashxabod byurosi o’z faoliyatini boshladi.
  • 1999-yil 6-dekabr.

    Radyo-4 o’z faoliyatini boshladi.
  • 2000-yil 7-iyun.
    TRT-INT, “Turkiya ovozi” va TRT-FM radiokanal eshittirishlari AQSh va Kanadada ham tinglana boshladi.
  • 2001-yil 31-yanvar.

    TRT –TV telekanallari yangi tusga kirdi va yangi emblemalari bilan o’zini tubdan yangiladi.
  • 2001-yil 2-iyun.
    TRTning Ozarbayjonda Baku byurosi ochildi..
  • 2001-yil 16-yun.
    TRTning Misrda Qohira byurosi tashkil etildi.
  • 2002-yil 1-iyun.
    TRT, Janubiy Koreyaning Seul va Yaponiyaning Tokio shaharlarida mushtarak uyushtirilgan Jahon Futbol Chempionatini jonli efir bilan tomoshabinlarning e’tiboriga havola qildi.
  • 2002-yil 25-iyun.
    TRTning xorijdagi 5-byurosi Belgiyaning poytaxti Bryukselda ochildi.
  • 2002-yili 2-iyul.

    TRT Turizm radiosi uzluksiz ravishda 24 soat o’z eshittirishlarini efirga uzata boshladi. Radyo, Antaliyadagi Lara studiyalarida İngliz, Fransuz, Nemis, Rus va Yunon tillarida eshittirish olib bormoqda.
  • 2002-yil 8-avgust.
    TRTning chet eldagi 6-byurosi Amerikaning poytaxti Vashingtonda o’z faoliyatini boshladi.
  • 2003-yil 24-may.
    TRT , 48-Yevrovideniye qo’shiq tanloviga Turkiya nomidan ishtirok etdi va Sertab Erener ijrosidagi “Every Way That I can” qo’shig’i bilan g’olib bo’ldi.
  • 2004-yil 20-yanvar.
    Turksat 1 C sun’iy yo’ldoshining Turkiya va Yevropani o’z ichiga olgan G’arbiy tarmog’i orqali TRT-1, TRT-2, TRT-3, TRT-4 va TRT-INT tele- ko’rsatuvlari hamda butun radio- eshittirishlaridan tashkil topgan TRT tele- radio dasturlari efirga uzatila boshladi.
  • 2004-yil 12-may.
    49- Yevrovideniye qo’shiq tanlovi, İstanbulda Turkiya Respublikasi hamda TRT mezbonligida, ilk marotiba ikki bosqichli holda o’tkazildi va 36 davlatga to’g’ridan efirga uzatildi.
  • 2004-yil 3-noyabr.
    TRT Web - sahifasi ( www.trt.net.tr ) yangi dizayni va takomillashtirilgan holida ishga tushirildi. Buning natijasida, Web sahifa mazmunan boyitildi, butun kompyuter dasturlari yordamida tomosha qilina oladigan, qulay, tezkor va tushunarli, televideniye, radio, prime-time dasturlarining tanitilishiga o’rin berildi hamda tomoshabinlarning, dasturlarga oid ma’lumotlarga ega bo’lishlari uchun qulayliklar yaratildi.
  • 2004-yil 14-dekabr.
    TRT-Turk televideniyasi hamda “Turkiya ovozi” (TSR) radiokanalining Turk tilidagi eshittirishlari Turksat 1 C sun’iy yo’ldoshidan, Turkiya- O’rta Osiyo mintaqalarini o’z ichiga olgan Sharqiy tarmog’i orqali dijital holda efirga uzatila boshladi.
  • 2005-yil 24-iyun.
    TRTning xorijdagi 7-byurosi O’zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida o’z faoliyatini boshladi.
  • 2005-yil 10-avgust.
    İzmir Xalqaro Universiadasi Olimpiada o’yinlari mahalliy va xalqaro tele-kanallar orqali muvaffaqiyatli ravishda efirga uzatildi.
  • 2005-yil 1-noyabr.
    TRT va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Eshittirishlar uyushmasi (ABU) o’rtasida Osiyovideniye (Asiavision) shartnomasi imzolandi.
  • 2006-yil 22-iyun.
    Buena Vista xalqaro televideniyasi bilan imzolangan shartnoma doirasida, Walt Disney korporatsiyasiga oid multiplikatsion fil’mlar, animatsion fil’mlar hamda kinofil’mlarini Turkiyada 4 yil davomida namoyish etish huquqini TRT qo’lga kiritdi.
  • 2007-yil 16-mart.
    2010-2014 Jahon kuboklari bilan bir qatorda, FIFA ning turli chempionatlarini (Konfederatsiya kubogi kabi) namoyish etish huquqini TRT qo’lga kiritdi.
  • 2008-yil 13-20- aprel.
    Velosiped bo’yicha 44-Xalqaro Prezident turnirini Turkiyada namoyish etish huquqi TRTga berildi.