TRT TSR Haqida

 

Qisqacha o’tmish....

Turkiya Respublikasida radio orqali dastlabki tashqi eshittirishlar 1937 yilning 8 yanvar kuni Ankara radiosi tomonidan efirga uzatildi. Hatay muammosiga bag’ishlangan bu eshittirishda boshvazir İsmet İnonuning mavzuga doir nutqi Arab tiliga tarjima qilinib efirga uzatildi.
Ushbu eshittirish Suriya, İskenderun qo’ltig’i va atrofida ta’sirli bo’lgach, İstanbul radiosi orqali “Arabcha Yangiliklar” dasturi efirga uzatila boshladi. Hatay muammosi hal qilingandan so’ng, muntazam ravishda efirga uzatilmagan bu eshittirishlarga yakun yasaldi.
1938-yilning 28 oktyabr kuni 20 KWlik stansiya orqali Turkiya radiolarida muntazam ravishda Turk, İngiliz, Fransuz va Nemis tilida tashqi eshittirish hizmati berila boshladi.
İkkinchi jahon urushi mobaynida “Qisqa To’lqin Ankara Radiosi” betaraf eshittirishlari bilan dunyo radiolari orasida o’z o’rniga ega bo’ldi.
1943 – 1949 yillari orasida AQSh, G’arbiy Yevropa, Uzoq Sharq va Avstraliyaga qadar eshittirish olib borish imkoniyati tug’ildi.
Tashqi eshittirishdagi muhim bir davr esa 1949 – 1968 yillaridir. Bu davrda Turkiya Respublikasi, NATO tashkilotiga a’zo bo’ldi, Koreya urushiga qatnashdi, G’arb dunyosi bilan aloqalari rivojlandi.
Tashkil topgandan boshlab qisqa to’lqin Ankara Radiosi nomi ostida amalga oshirilgan horijiy eshittirishlar, 1963 yili yanvar oyidan etiboran “Turkiya Ovozi Radiosi” nomi ostida berila boshladi.
Turkiya ovozi radiosi, 1964 yilning 1 may kuni Turkiya TeleRadio kompaniyasining tashkil topishi bilan TRT tarkibida faoliyat olib bordi.

Turkiya Ovozi Radiosi

Bugungi kunda Turkiya Teleradio kompaniyasining horijiy davlatlarga qarata radio dasturlari, “Turkiya Ovozi Radiosi” tomonidan amalga oshiriladi.
Tashqi eshittirishlar bo’lim boshqarmasining mas’uliyati ostidagi “Turkiya Ovozi Radiosi” (VOT), har kuni Turk, Nemis, Arab, Alban, Ozarbayjon, Bosniya, Bolgar, Hitoy, Dariy, Fors, Fransuz, Gruzin, Harvat, İngiliz, İspan, İtalyan, Qozoq, Qirg’iz, Mojar, Makedon, O’zbek, Peshtu, Rumin, Rus, Serb, Tatar, Turkman, Urdu, Uyg’ur va Yunon tillari bo’lib jami 30 tilda eshitirish olib bormoqda.
Turkiya Ovozi Radiosi eshittirishlar qisqa to’lqin stansiyalari, sun’iy yo’ldosh va internet orqali butun dunyoga yetkazilmoqda. Turkiya Ovozi Radiosining mahalliy FM kanallari vositasi bilan yetkazish tarmog’ini rivojlantirish va muhlislarga yana ham yaqinlashish va eshittirishlarida mazmunni boyitishdir.
Betaraf, ishonchli va tezkor jurnalistika prinsiplariga ega bo’lgan Turkiya Ovozi Radiosi, turli guruh, turli yosh saviyasiga mo’ljallangan qiziqarli dasturlari bilan eshittirishlarini boyitmoqda va dunyoning eng ishonchli ma’lumot manbai sifatida o’z o’rnini egarlamoqda.
Habar dasturlari bilan madaniyat-san’at va musiqa dasturlari o’rin olgan eshittirishlarda Turkiya va Turk halqi har tomonlama tanitiladi. Turkiyaning mintaqaviy hamkorligini olg’a surgan holda, qo’shni davlatlar bilan bo’lgan aloqasini rivojlantirish siyosatiga mos ravishda tinchlik va madaniy hamkorlik mavzularini yoritadi.


TRT Turkiya Ovozi Radiosi haqida kengroq ma’lumot olish uchun:  TRT Vot World